Çiroqlar yoğdusidagi Buxoro
Qadimiy Buxoroning tungi qiyofasi ham öziga xos jozibaga ega.
Tarix nafasi ufurib turgan köhna köçalar, mahobatli meʼmoriy obidalar va qadimiy inşootlar tungi çiroqlar yoğdusida yanada körkam körinadi.
Tungi osmon fonida qad rostlagan minoralar, gumbazu peştoqlar, çiroqlar yoritgan tor köçalar göyo ötmiş bilan bugunni boğlovçi tarix sahifalarini eslatadi. Har bir manzarada özgaça nafosat, köhna şaharga xos betakror ruh seziladi.
Buxoro tunlari gözal, sirli va maftunkor. Bu manzaralarni tomoşa qilar ekansiz, köhna şaharning har bir göşasida tarix izi, har bir burçagida öziga yaraşa hikoya borligini his etasiz.
[gallery-32618]
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA