Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni bo‘lib, uning siyosiy tizimini, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini, davlat boshqaruvi tamoyillarini belgilab beradi. Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi – inson qadri, xalq manfaatini amalda ta’minlashdir.

Yangi Konstitutsiyadagi asosiy o‘zgarishlardan biri insonning yashash joyini erkin tanlash huquqi bilan bog‘liq normalar muhim o‘rin egallaydi. Yangilangan Konstitutsiyamizning 32-moddasi ham aynan shu kafolatlarga bag‘ishlanadi. Unda qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishi, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek, har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish va O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega ekanligi, har bir fuqaroning shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi belgilab o‘tilgan.

Yangilangan Konstitutsiyamizda nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, balki mamlakatimizda qonuniy asoslarda bo‘lib turgan har bir kishining, ya’ni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chish, yashash joyini erkin tanlash va respublikadan tashqariga chiqish huquqlari mustahkamlangan.  

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilindi. Uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun, ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishni esa 1 kun ichida amalga oshirish tartibi joriy etildi, vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati 1 yilni tashkil etadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini buzganlik O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi.

Endilikda bu masala Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, har kim O‘zbekiston hududidan erkin chiqib keta olishi, faqat qonunda belgilangan hollardagina bu cheklanishi mumkin xolos. Qaysidir davlat organi yoki mansabdor shaxslar o‘zboshimchalik bilan bunga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.

Shu bilan birga, har kim to‘sqinliklarsiz O‘zbekistonga qaytib kelishi ham kafolatlanmoqda. Aholini qiynab kelgan muammolar yechimi eng yuqori darajada qonunchilikda Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi yangilangan Konstitutsiyasi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqini qat’iy kafolatlaydi.

Sabina Tursunova,

Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilangan Konstitutsiya: mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, yashash joyini erkin tanlash huquqi kafolatlanadi