Vaqt shiddatini qarangki, ko‘z ochib yumguncha to‘rt fasl almashib, 2024 yilning ostonasida turibmiz. Eski yil umrimizning yana bir bo‘lagini o‘zi bilan tarix qatlariga olib ketmoqda.

Hozir yangi orzu-maqsadlar, yangi rejalar tuziladigan damlar. Zero orzu – ruhning qamchisi, xayol esa ulovi. Intiqib kutiladigan bayramda albatta ko‘zlangan marrra va niyatlar ham yangilanadi. 

Ha, bugun yangi yil, umrimizning ochilajak yangi sahifasi qalblarda   tug‘ilajak pok maqsad, o‘y-xayollar haqida gapirayotgandek...

Yangi yil arafasida hamma joyda bayram kayfiyati hukmron, shahar ko‘chalari, maydon va xiyobonlar, mahallalar ertaknamo tusga kirgan, turfa ranglar sho‘’lasi qalblarga ko‘chgan.

Bu lahzalar, ayniqsa, bolajonlarning jonu dili. Inson ulg‘aygani sayin “katta bo‘lish” orzusi o‘rniga, “bolalikka qaytish” istagi tobora mavj ura boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan biz hayotning har bir lahzasini quvonch bilan qabul qilish va undan huzur-halovat tuyub yashashni o‘rganib boramiz.

Eng qizig‘i, bu bayram dunyoning turli chekkalarida o‘ziga xos urf-odatlar bilan kutib olinadi. Ammo, Yangi yilning barcha uchun yagona yozilmagan qoidasi borki, u ham bo‘lsa, hamma oila a’zolari shu kuni vaqt topib, bir dasturxon atrofida jamuljam bo‘ladi. Shu sababli ko‘p davlatlarda uni oilaviy bayram, deb atashadi.

Bayramning bosh ramzi – bu boqiy yashillik timsoli bo‘lgan archadir. Avvallari o‘rmonda yoki xonadonlar yaqinida archalar bezatilgan, atrofida o‘yin-kulgular bo‘lgan. Keyinchalik bu an’ana har bir xonadonga kirib keldi. Hali aytganimizdek, archa oila a’zolarini birlashtirdi. Hozir ham bu odatning mavjudligi, ehtimol, odam bolasi o‘tmishi va bolaligini qo‘msab yashashi, shunga intilishiga yorqin dalildir.

Xo‘sh, Yangi yilni dunyo xalqlari qanday nishonlaydi?

Amerika Qo‘shma Штатларида Yangi yil har bir xonadonda pishirilgan qiymali kurkasiz o‘tmaydi. U tuganmas to‘kin-cochinlik, boylik va farovonlik ramzi sanaladi.

Fransuzlar bu kun tunda bolalarning oyoq kiyimlarini sovg‘alar bilan to‘ldirishadi. Kelajak avlodlar davomchisi bo‘lgan farzandlar quvonchi va xalqning ravnaqi uchun harakat bolajon fransuzlarning chin insoniy fazilatlari orasida eng peshqadami desa ham bo‘ladi.

Ozodlik oroli deb ataladigan Kubada Yangi yil kechasi barcha suv to‘ldirilgan idish-tovoqlardagi suvlar uy derazasidan tashqariga sepiladi. Eski yil g‘uborlarini shu tariqa yuvib yuboriladi, Yaratgandan yangi yilning mo‘l-ko‘lligi so‘raladi.

Avstraliyada Yangi yil yoz oyida nishonlanib, yarim tunda ochiq osmon ostida dunyo bo‘yicha eng katta mushakbozlik shousi bo‘lib o‘tadi.

Ispanlarda soat millari 24:00 ga qarab bong urganda, mamlakatda eng ko‘p yetishtiralidigan va butun dunyoga eksport qilinadigan uzum mevasidan yil oylariga uyg‘un ravishda 12 dona uzum iste’mol qilish odati bor.

Nemislar Yangi yilni o‘z uyidan tashqarida do‘stlari, tanishlari, hamkasblari bilan birga nishonlashadi. Bu boshlanayotgan yangi istiqbol birdamlik, ahillik va jipslikka kechishi ifodasidir.

Myanmada Yangi yil issiq kunlarga to‘g‘ri kelgani uchun odamlar bir-birlariga suv sepishadi. 

Italiyada Yangi yil kuni uydagi bor eski buyular derazadan uloqtiriladi. Shu tariqa yangi yilga yangi orzular va buyumlar bilan kirib borish niyatini bildirishadi.

Vetnamda Yangi yilda gullayotgan shaftoli navdasi bilan uylarini bezatib, bir-birlariga sovg‘a qilishadi.

Bolgariyada Yangi yil tunida uch daqiqalik chiroq o‘chirish odat tusini olgan. Bu qalblarda sokinlik va xotirjamlik hukm surishiga ishora.

Kolumbiyada Yangi yil kechasi birinchi navbatda uy yig‘ishtirilib, hech bir ish tugallanmasdan, chala qoldirilmaydi. Shuningdek, bu yurtda Yangi yil kechasi ko‘chalarda uzun yog‘och oyoqli qo‘g‘irchoq odamlarni uchratish ham mumkin. 

Finlar Yangi yilda bug‘u va it qo‘shilgan chanalarda uchish uchun bepoyon va oppoq qorga burkangan tog‘li hududlarga yo‘l oladilar. 

Hindlar shu kuni o‘zlariga turli bayramona ranglar bilan oro beradilar. Bir-birlariga shodu xurramlik va xushfe’llik bilan muomalada bo‘ladilar.

Braziliyada Yangi yil kuni okean sohillaridagi qumliklarda minglab shamlar yoqib qo‘yiladi. Bu farovonlik ramzi bo‘lgan dengizning quruqlik bilan uyg‘unligini, insoniyatning sham yog‘dusidagi qalbi esa bu o‘ziga xos muvofiqlikda asosiy omil ekanini ko‘rsatuvchi ramzidir.

Buyuk Брitаниянинг bolalar qo‘shiq kuylab, sovg‘a-salomlar va shirinliklar so‘rab qo‘shnilarinikiga chiqishadi. 

Irlandiyada Yangi yil kirib kelishi oldidan barcha xonadonlar eshiklari ochib qo‘yiladi va shu taraqa oilaga qut-baraka kirib keladi.

Xitoyda bolalarga qizil konvertda “Baxt puli” tarqatiladi.

Skandinaviya davlatlarida guruchli bo‘tqa ichiga bir dona bodom yashirilib, dasturxonga tortiladi. 

Gretsiyada Yangi yil kechasi oila boshlig‘i bir dona katta anorni yerga kuch bilan uradi. Sochilib ketgan anor donalari greklar e’tiqodiga ko‘ra omad va saodat kalitidir.

Tainlandda Yangi yil kuni budda haykallarini atirgul va yasmin gulbarglari bilan yuvishadi. 

Efiopiyaliklar Yangi yil kechasi evkalipt, archa shoxlaridan ota-bobolari udumlariga ko‘ra katta gulxan yoqishadi.   

Yaponiyada odamlar Yangi yil kirishi bilan oz emas-ko‘p emas – 108 marta bong chalishadi.

Asrlar davomida saqlanib kelayotgan bunday urf-odat va udumlar behisob. 

Bu yilgi Yangi yil bayrami ham mo‘’jizalarga limmo-lim, yangi orzu-umidlar olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolsin. 

2024 yil jadal taraqqiy etib borayotgan jonajon yurtimiz uchun chin ma’noda ulkan yuksalishlar, muvaffaqiyatlar va omadlar yili bo‘lsin! 

Madina Zufarova, 

“RENAISSANCE” universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish 

fakulteti talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil – yangi orzular debochasi