Yangi Toşkentdan sunʼiy intellektgaça: Özbekiston – Turkiya hamkorligining zamonaviy ufqlari
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etdi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida ötkazilgan tadbirda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, şuningdek, ikki mamlakatning yetakçi kompaniyalari va banklari rahbarlari qatnaşdi.

Bugungi global iqtisodiy özgarişlar şaroitida qardoş Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik yangi, yanada amaliy bosqiçga kötarilmoqda. Sönggi yillarda ikki davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi, muştarak tarixiy va maʼnaviy riştalarga tayangan oçiq hamda işonçli muloqoti tufayli özaro munosabatlar keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga olib çiqildi. Natijada savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar misli körilmagan surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda.

Davlatimiz rahbari öz nutqida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan bilan erişilgan kelişuv asosida taşkil etilgan uşbu yangi mexanizm ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişini taʼkidladi.

Kengaşning birinçi yiğilişi doirasida ötkazilgan biznes forumida 200 dan ziyod tadbirkorning faol iştirok etgani özaro şeriklikni kengaytirişga bölgan yuksak qiziqişdan dalolat berişi qayd etildi.

– Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida 2017-yildan buyon iqtisodiyotimiz uç barobarga ösdi, 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Uşbu jarayonda bizga doim yelkadoş bölib kelayotgan strategik şerigimiz – Turkiya bilan hamkorlik muhim örin tutadi, – dedi Prezidentimiz.

Davlatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada jadallaştiriş maqsadida qator ustuvor yönalişlar belgilab berildi.
Xususan, toğ-kon sanoati va “yaşil” energetikani rivojlantiriş, qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, organik öğitlar işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar quriş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş, şuningdek, mahsulot yetiştirişdan uni isteʼmolçiga yetkazib berişgaça bölgan yaxlit qiymat zanjirini şakllantirişda hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.

Elektrotexnika sanoati mamlakatimizda eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ekani taʼkidlandi. Turkiya kompaniyalari misni çuqur qayta işlaş, elektronika mahsulotlari, transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqarişda mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirişga taklif etildi.

“Yangi Toşkent” megaloyihasi doirasida zamonaviy tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar barpo etiş, şuningdek, pulli avtomobil yöllari va logistika markazlarini rivojlantirişda turk sarmoyadorlarining iştiroki olqişlandi.
Mamlakatimizda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani, farmatsevtika sohasida keng imtiyozlar taqdim etilayotgani bildirildi. Turkiyalik investorlar mazkur yönalişda ham yaqin hamkorlikka taklif qilindi.

Turkiya kompaniyalari bilan davlat-xususiy şeriklik asosida qator loyihalar amalga oşirilayotgani taʼkidlandi. Uşbu mamlakat banklari, investitsiya fondlari va yirik sanoat korxonalari xususiylaştiriş jarayonlari hamda davlat-xususiy şeriklik dasturlarida faol iştirok etişga çaqirildi.
Şuningdek, avtomobilsozlik, energetika, sunʼiy intellekt va dasturiy taʼminot sohalarida qöşma loyihalarni ilgari suriş, bank sektoridagi islohotlarda iştirok etiş taklif qilindi.

Özbekistonda sarmoyadorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, jumladan, maxsus iqtisodiy zonalarda keng imtiyozlar beriş siyosati izçil davom ettirilişi bildirildi.
– Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlar uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan islohotlarni izçil davom ettiramiz, – dedi davlatimiz rahbari sözining yakunida.
Yiğilişda kengaş hamraislari – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva va Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz ham sözga çiqdilar.
Turkiya kompaniyalari rahbarlari Prezidentimiz bilan muloqot çoğida ularning faoliyatiga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oşirayotgan loyihalari va kelgusidagi rejalari haqida sözlab berdilar, öz fikr-mulohazalari hamda takliflarini bayon qildilar.
Oçiq, amaliy va özaro işonç ruhida ötgan uşbu muloqot ikki qardoş davlat işbilarmon doiralarini yagona maqsad yölida yanada jipslaştirdi. Tadbirda ilgari surilgan taşabbuslar va belgilab olingan ustuvor yönalişlar şunçaki reja emas, balki aniq natijalarga qaratilgan amaliy harakatlar dasturi sifatida ahamiyatlidir. Bir söz bilan aytganda, Toşkentdagi mazkur yiğiliş Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro savdo aylanmasini oşiriş va ikki xalq farovonligini yuksaltiriş yölida mustahkam zamin yaratadi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
ÖzA muxbiri