Kengaş soati bong urdi: vakillik hokimiyati yangi bosqiçda
2026-yil 12-noyabrda imzolangan qonun va 16-noyabrdagi Prezident farmoni mahalliy Kengaşlarga yangi vakolat, yangi kafolat va yangi masʼuliyat yuklaydi.
2026-yil 12-noyabr kuni Prezidentimiz «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonunni imzoladi. Oradan atigi tört kun ötib, 16-noyabr kuni «Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmon qabul qilindi.
Bir qaraşda, uşbu ikki hujjat turli yönalişlarga qaratilgandek tuyulişi mumkin. Ammo ularni özaro boğliq holda örganiş va tahlil qiliş mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida amalga oşirilayotgan özgarişlarning yaxlit manzarasini namoyon etadi. Qonun, avvalo, Kengaşning institutsional asoslarini qayta belgilab, uning içki boşqaruv tizimi, rahbarlik vakolatlari, kun tartibini şakllantiriş va hisobdorlik mexanizmlarini takomillaştiradi. Farmon esa uşbu huquqiy asoslarning amaliyotda samarali işlaşini taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy etadi. Xususan, hisobotlarni eşitiş tartibi, mahalliy byudjet mablağlaridan foydalanişda deputatlar taşabbusining örni, deputatlik faoliyati kafolatlari hamda fuqarolarning Kengaşlar faoliyatidagi iştirokini kengaytiriş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Sessiya materiallarini tayyorlaş, deputatlik sörovlarini tegişli ijroçilarga yetkaziş, ularning ijrosini kuzatib boriş va berilgan javoblarni tahlil qiliş kotibiyat faoliyatining kundalik vazifalari hisoblanadi. Şu jarayonlarning bevosita iştirokçisi sifatida aytişim mumkinki, mazkur özgarişlar oddiy qonunçilik tahrirlari bilan çeklanmaydi. Ular Kengaş va hokimlik, deputat va saylovçi örtasidagi munosabatlarning mazmunini, özaro masʼuliyat va hamkorlik mexanizmlarini tubdan yangilaşga qaratilgan.
Boşqaruvning yangi arxitekturasi
Qonun bilan Kengaş faoliyatiga uçta muhim institutsional yangilik — Kengaş raisi örinbosari, Kengaş Rayosati va «Kengaş soati» joriy etilmoqda. Uşbu institutlarning har biri mahalliy vakillik organlari faoliyatida mavjud bölgan muayyan taşkiliy va amaliy masalalarni hal etişga xizmat qiladi.
Rais örinbosari — Kengaş boşqaruvi va kotibiyat faoliyatining yagona masʼuliyati. Yangi tartibga köra, Kengaş raisi va uning örinbosari Kengaş vakolat muddatiga saylanadi. Rais örinbosari bir vaqtning özida kotibiyat mudiri hisoblanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Şuningdek, u kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş hamda lavozimidan ozod etiş vakolatiga ega böladi. Kengaş raisi öz vazifasini bajara olmagan hollarda esa uning vakolatlari örinbosar tomonidan amalga oşiriladi. Bu tartib Kengaş rahbariyati faoliyatida uzluksizlikni taʼminlaş bilan birga, taşkiliy jarayonlar uçun masʼuliyatni ham aniq belgilaydi.
Mazkur norma men uçun alohida ahamiyatga ega. Çunki kotibiyat faoliyatining mazmuni faqat hujjatlarni tayyorlaş, xat-xabarlarni rasmiylaştiriş yoki sessiyalarni taşkiliy jihatdan taʼminlaş bilan çeklanmaydi. Kotibiyat Kengaşning kundalik faoliyatini taşkil etiş, deputatlar bilan işlaş, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiliş va tegişli hujjatlar aylanişini taʼminlaşda muhim örin tutadi. Endi kotibiyat mudirining Kengaş raisi örinbosari sifatida belgilanişi uşbu vazifalarning rahbarlik darajasida muvofiqlaştirilişiga imkoniyat yaratadi. Natijada taşkiliy jarayonlar, kadrlar bilan işlaş va ijro intizomi uçun masʼuliyat aniq vakolatlar bilan mustahkamlanadi.
Siyosiy betaraflik — barça deputatlik guruhlariga nisbatan xolis munosabatning huquqiy asosi.
Qonunga muvofiq, Kengaş raisi va uning örinbosari öz vazifalarini bajariş davrida siyosiy partiyaga aʼzoligini töxtatib turadi, şuningdek, doimiy komissiyalar hamda partiya guruhlari tarkibiga kirmaydi. Bu talab Kengaş rahbariyatining alohida siyosiy guruh yoki partiya manfaatlaridan emas, balki butun vakillik organining umumiy manfaatlaridan kelib çiqib faoliyat yuritişini taʼminlaşga qaratilgan. Zero, Kengaş rahbariyati barça partiya guruhlari va doimiy komissiyalar uçun teng şaroit yaratadigan, ularning taşabbuslarini xolis körib çiqadigan hamda umumiy işni muvofiqlaştiradigan tuzilma bölişi lozim.
Rayosat — kollegial boşqaruv va hamkorlikning yangi mexanizmi.
Kengaş Rayosati tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari va hokim kiritiladi. Rayosat Kengaş sessiyasining kun tartibini şakllantiriş, sessiyani çaqiriş hamda doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlaştiriş bilan boğliq masalalarni hal etadi.
Avvalgi tartibda sessiyani çaqiriş taşabbusi Kengaş raisi yoki eng köp deputatlik örniga ega bölgan partiya guruhi rahbari tomonidan amalga oşirilar edi. Yangi tartib esa uşbu jarayonni kollegial asosda taşkil etiş imkonini beradi. Bunda turli partiya guruhlari, doimiy komissiyalar va ijro hokimiyati vakillarining iştirok etişi kun tartibidagi masalalarni har tomonlama muhokama qiliş uçun taşkiliy zamin yaratadi.
Ayniqsa, hokimning Rayosat tarkibiga kiritilişi muhim ahamiyatga ega. Çunki Kengaş sessiyalarida körib çiqiladigan masalalarning aksariyati hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, mavjud muammolarni bartaraf etiş va qabul qilingan qarorlarning ijrosi bilan bevosita boğliq. Şu nuqtai nazardan, Rayosat faoliyati vakillik hamda ijro hokimiyati örtasidagi hamkorlikni tizimli yölga qöyişga xizmat qiladi.
«Kengaş soati» — savol beriş va javob talab qilişning yangi madaniyati.
Qonun bilan joriy etilayotgan yana bir muhim yangilik «Kengaş soati» institutidir. Unga köra, deputatlar, doimiy komissiyalar yoki partiya guruhlari taşabbusi bilan kötarilgan masalalar Rayosatda körib çiqiladi. Şundan söng şakllantirilgan savollar Kengaş raisi tomonidan ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga yuboriladi va ular sessiyada uşbu savollarga javob beradi.
Mazkur amaliyotni Oliy Majlisdagi «Hukumat soati»ning mahalliy darajadagi öziga xos analogi sifatida baholaş mumkin. Biroq uning ahamiyati faqat savol-javob jarayonini taşkil etiş bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, bu institut deputatlarning ijro hokimiyati faoliyati ustidan nazoratni amalga oşirişdagi iştirokini kuçaytiradi. Şu tariqa, Kengaş faoliyatida faqat hisobotlarni tinglaş bilan çeklanib qolmasdan, aniq muammolar yuzasidan savol beriş, asoslangan javob oliş va tegişli çoralar körilişini talab qiliş amaliyoti şakllanadi.
Hisobot — rasmiyatçilik emas, masʼuliyat
Farmonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillaştirişning uçta ustuvor yönalişi belgilab berilgan. Bular — hisobot eşitiş tizimini takomillaştiriş, deputatlik faoliyati kafolatlarini kengaytiriş hamda qarorlar qabul qiliş jarayonida oçiqlikni taʼminlaşdan iborat. Mazkur çora-tadbirlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş doirasida belgilangan.
Farmonda nazarda tutilgan talablar orasida ijro hokimiyati rahbarlarining şaxsiy hisobdorligini kuçaytirişga qaratilgan normalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Birinçidan, ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari öz hisobotlarini belgilangan muddatlarda şaxsan taqdim etişi, şuningdek, faoliyat sohasiga taalluqli masala körib çiqilayotgan Kengaş sessiyalarida bevosita iştirok etişi belgilanmoqda. Bu talab hisobot beriş jarayonida masʼul rahbarning şaxsiy iştirokini taʼminlaydi. Endilikda tegişli masala böyiça hisobot berişni örinbosar yoki boşqa xodim zimmasiga yuklaş amaliyoti çeklanadi. Çunki qaror qabul qiliş va uning ijrosi uçun bevosita masʼul bölgan rahbarning özi deputatlar oldida javob berişi hisobdorlikning muhim şartidir.
Ikkinçidan, har çorakda kamida bir marta Kengaş sessiyasi kun tartibiga birinçi masala sifatida hokim, uning örinbosarlari va boşqa mansabdor şaxslar iştirokida saylov okruglaridagi muammolarni muhokama qiliş kiritiladi. Bu tartib deputatlar tomonidan saylovçilardan kelib tuşayotgan murojaatlar, takliflar va muammolarni tizimli ravişda körib çiqiş imkonini beradi.
Eng muhimi, hudud aholisini bevosita qiynayotgan masalalar sessiya kun tartibining birinçi navbatiga olib çiqiladi. Bu esa deputatning saylovçilar oldidagi vakillik vazifasini kuçaytiriş bilan birga, ijro hokimiyati rahbarlarining hududlardagi muammolarni hal etiş borasidagi masʼuliyatini ham oşiradi.
Deputat kafolatlari: sözdan mablağga
Farmonning eng muhim jihatlaridan biri mahalliy byudjet mablağlarini taqsimlaş jarayonida deputatlar taşabbusining huquqiy va moliyaviy asoslarini mustahkamlaşga qaratilganidir.
Xususan, 2028-yil uçun mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişdan boşlab, byudjet xarajatlarining 3 foizidan 5 foizigaça bölgan qismi bevosita deputatlar taşabbusi asosida yönaltiriladi. Bunda mablağlarning aniq uluşi hududning toifasidan kelib çiqib belgilanadi.
Mazkur yangilikning amaliy ahamiyati şundaki, deputat endi faqat saylovçilar murojaatlarini tegişli taşkilotlarga yetkazuvçi yoki mavjud muammolarni sessiyalarda kötaruvçi vakil sifatida emas, balki ularni hal etiş uçun zarur moliyaviy resurslarni şakllantiriş taşabbusi bilan çiquvçi şaxs sifatida ham iştirok etadi. Bu deputatlik faoliyatining mazmunini kengaytirib, uning saylov okrugidagi muammolarni hal etiş jarayonidagi amaliy iştirokini kuçaytiradi.
Albatta, bunday imkoniyatdan samarali foydalaniş uçun deputatlardan puxta tayyorgarlik talab etiladi. Farmonda deputatlik taşabbuslarini byudjet sörovi şakllantirilişidan kamida bir oy oldin tayyorlaş talabi belgilangan. Demak, har bir deputat öz okrugidagi muammolarni oldindan örganişi, ularni hal etişning moliyaviy qiymatini hisoblaşi va eng dolzarb yönalişlarni belgilaşi lozim.
Poytaxt byudjeti miqyosida olib qaralganda, xarajatlarning 3–5 foizi ham sezilarli moliyaviy resursni taşkil etadi. Biroq uşbu mablağlarning samaradorligi deputatlar tomonidan taklif etiladigan loyihalarning asoslanganligi, aholi ehtiyojlariga mosligi va amaliy natijadorligiga boğliq böladi. Şu maʼnoda, 2027-yil deputatlar uçun saylov okruglaridagi muammolarni xatlovdan ötkaziş, ustuvor yönalişlarni belgilaş va moliyaviy hisob-kitoblarni tayyorlaş davri bölişi kerak.
Farmonda deputatlik maqomini himoya qiliş va ularning öz vakolatlarini tösiqlarsiz amalga oşirişini taʼminlaşga qaratilgan boşqa kafolatlar ham nazarda tutilgan.
Deputatlik faoliyatini amalga oşirişda iş joyidagi tösiqlar bartaraf etiladi. Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan barça taşkilotlarga deputatlik faoliyatini amalga oşirayotgan xodimlarning Kengaş sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari, saylovçilar bilan uçraşuvlar va fuqarolar qabulida iştirok etişiga tösqinlik qilmaslik yuzasidan tegişli körsatmalar berib boriladi. Bu orqali deputatning asosiy iş joyidagi mehnat vazifalari bilan bir qatorda, saylovçilar oldidagi vakillik majburiyatlarini ham bajarişi uçun zarur şaroit yaratiladi.
Deputatlik huquqlariga tösqinlik qilgan mansabdor şaxslar javobgarligi kuçaytiriladi. Deputatni iş joyi va örtaça iş haqi saqlangan holda deputatlik vazifalarini bajariş uçun işdan ozod etmagan yoki uning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilgan mansabdor şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Mazkur norma deputatning öz vakolatlarini amalga oşirişi uçun iş joyida ham zarur huquqiy kafolatlar mavjud bölişini taʼminlaşga qaratilgan.
Korxona va taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi taʼminlanadi. Deputatlarning korxona va taşkilotlarga kiriş huquqi ular saylangan Kengaş darajasidan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi. Bu huquq deputatlarga saylov okruglaridagi holatni joyiga çiqqan holda örganiş, mavjud muammolarni bevosita aniqlaş va tegişli taşkilotlar masʼullari bilan muloqot qiliş imkonini beradi.
Kengaş qarorlari ijrosini taʼminlaşning taʼsirçan mexanizmi joriy etiladi. Kengaş qarorlarini belgilangan muddatlarda bajarmagan yoki hisobot bermagan mansabdor şaxslarga nisbatan yuqori turuvçi organga taqdimnoma kiritiş tartibi belgilanmoqda. Uşbu taqdimnomada mansabdor şaxsning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki uni intizomiy javobgarlikka tortiş masalasi kötariladi. Eng muhimi, mazkur taqdimnoma tegişli organ tomonidan majburiy tartibda körib çiqilişi lozim.
Menimça, sönggi norma Kengaş qarorlari ijrosini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Çunki amaliyotda ayrim hollarda Kengaş tomonidan qabul qilingan qarorlar öz vaqtida bajarilmaganida, nazorat jarayoni takroriy xatlar va murojaatlar yuboriş bilan çeklanib qolişi mumkin. Endi esa qarorlar ijrosini taʼminlamagan mansabdor şaxslarga nisbatan aniq taşkiliy-huquqiy taʼsir çorasi nazarda tutilmoqda. Bu holat ijro intizomini mustahkamlaş bilan birga, Kengaş qarorlarining amaliy ahamiyati va ularning bajarilişi uçun masʼuliyatni ham oşiradi.
Oçiq eşiklar va aniq vakolatlar
Yangi hujjatlarda belgilangan yana ikki muhim sanani alohida qayd etiş lozim. Çunki ular mahalliy Kengaşlar faoliyatida huquqiy tartib-taomillarni takomillaştiriş va jamoatçilik iştirokini kengaytiriş bilan bevosita boğliq.
2026-yil 1-dekabrdan boşlab tuman va şahar Kengaşlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlarida huquqiy ekspertizadan ötkaziladi. Mazkur tartib qabul qilinadigan qarorlarning qonunçilik talablariga muvofiqligini taʼminlaş, ularda huquqiy normalarning töğri qöllanilişi va kelgusida turli huquqiy tuşunmovçiliklar kelib çiqişining oldini olişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, poytaxtdagi tuman Kengaşlari uçun bu yangi taşkiliy vazifani yuzaga keltiradi. Endi sessiyaga kiritiladigan qaror loyihalarini tayyorlaş jarayonida huquqiy ekspertiza uçun ham yetarli vaqt ajratiş, tegişli hujjatlarni oldindan şakllantiriş va ularning huquqiy asoslarini puxta işlab çiqiş talab etiladi.
2027-yil 1-yanvardan boşlab esa fuqarolar viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari sessiyalarida kuzatuvçi sifatida iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi. Bunda ularga sessiya işiga aralaşiş huquqi berilmaydi, iştirok etiş tartibi esa Senat tomonidan ikki oy muddatda tasdiqlanişi tavsiya etilgan.
Uşbu taşabbusning eʼtiborli jihati şundaki, u mahalliy vakillik organlarining öz faoliyatini jamoatçilik uçun oçiq qilişga bölgan intilişi bilan boğliq. Fuqarolarning sessiyalarda kuzatuvçi sifatida iştirok etişi Kengaş faoliyati haqidagi axborotlarning bevosita joyida olinişiga, deputatlar va ijro hokimiyati rahbarlari örtasidagi muloqotning jamoatçilik nazorati ostida keçişiga şaroit yaratadi.
Albatta, kuzatuvçi sifatida iştirok etayotgan fuqaro sessiyada ovoz beriş yoki muhokama jarayoniga aralaşiş huquqiga ega bölmaydi. Biroq uning sessiya zalida hozir bölişi, mansabdor şaxslarning hisobotlarini tinglaşi va deputatlarning savollarini kuzatişi jarayon iştirokçilarining masʼuliyatini yanada oşiradi. Çunki oçiqlik nafaqat qabul qilingan qarorlar haqida axborot beriş, balki qarorlar qanday muhokama qilinayotgani va ular uçun kim masʼul ekanini jamoatçilikka körsatiş imkonini ham beradi. Şu maʼnoda, fuqarolarning bevosita iştiroki jamoatçilik nazoratining muhim va samarali vositalaridan biriga aylanadi.
Xulosa
2026-yil noyabr oyida qabul qilingan uşbu ikki hujjatning mazmun-mohiyatini törtta muhim tuşunça orqali ifodalaş mumkin: hisobot, savol, mablağ va oçiqlik. Hisobot tizimi masʼul rahbarlarning şaxsiy iştiroki va aniq muddatlar asosida takomillaştirilmoqda. Savol beriş va javob talab qiliş amaliyoti «Kengaş soati» orqali yangi mazmun bilan boyitilmoqda. Deputatlar taşabbuslarini moliyalaştiriş uçun mahalliy byudjet xarajatlarining 3–5 foizi miqdorida mablağ yönaltiriş mexanizmi belgilanmoqda. Fuqarolarning sessiyalarda kuzatuvçi sifatida iştirok etişi esa vakillik organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Mening asosiy xulosam şuki, mazkur islohotlar mahalliy Kengaşlarning faqat qarorlarni körib çiqiş va tasdiqlaş bilan çeklanadigan faoliyatidan ijro hokimiyati ustidan taʼsirçan deputatlik nazoratini amalga oşirişga yönaltirilgan faoliyatga ötişi uçun yangi huquqiy va taşkiliy imkoniyatlar yaratadi. Bu esa Kengaşning hududni boşqarişdagi örnini, deputatning saylovçilar oldidagi masʼuliyatini va qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ahamiyatini oşirişga qaratilgan.
Biroq har qanday huquqiy islohotning natijasi, avvalo, uning amaliyotda qanday tatbiq etilişi bilan belgilanadi. Qonun bilan berilgan vakolatlardan samarali foydalaniş har bir deputatning taşabbuskorligiga, saylov okrugidagi muammolarni çuqur örganişiga, ijro hokimiyati vakillariga beradigan savollarining aniqligiga hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini izçil nazorat qilişiga boğliq. Şu bilan birga, kotibiyatlar zimmasiga ham yangi talablar asosida iş jarayonlarini taşkil etiş, deputatlik taşabbuslarini amaliy jihatdan qöllab-quvvatlaş va nazorat mexanizmlarining samarali işlaşini taʼminlaş böyiça muhim vazifalar yuklanadi.
Zero, Kengaşning taʼsirçanligi faqat uning vakolatlari bilan emas, balki uşbu vakolatlardan qay darajada foydalanişi, xalq manfaatlarini qarorlar mazmuniga qançalik töliq singdira olişi va ularning ijrosini qay darajada taʼminlaşi bilan ölçanadi.
«Kengaş soati» bong urdi. Endi bu soat har bir sessiyada aniq va baland yangraşi, deputatlarning savollari javobsiz qolmasligi, kötarilgan muammolar tegişli yeçimini topişi va qabul qilingan qarorlar qoğozda emas, hayotda öz ifodasini topişi bizning — xalq deputatlari Kengaşlari vakillarining umumiy masʼuliyatimiz.
Davronbek RAVŞANBEKOV,
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi
kotibiyati mudiri, deputat.
ÖzA