Yurtimiz so‘nggi yillarda qurilish, bunyodkorlik maydoniga aylandi. Yangi qurilgan uy-joylar, zamonaviy binolar yonidan o‘ta turib, kishining ko‘nglidan ajib hislar o‘tadi.

Mamlakatimizda qurilish-bunyodkorlik ishlari iqtisodiyotimizning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumani “Parkentsoy” soy bo‘yida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashkil etilgan press-turda ham bunga amin bo‘ldik. 

Press-tur davomida massiv qurilishidagi o‘ziga xos jihatlar, aholi uchun yaratilayotgan sharoit va uy-joylarning energosamaradorlik ko‘rsatkichlari bilan tanishdik. 

Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil 31 oktyabrdagi “Toshkent viloyatining Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Parkentsoy” soy o‘zaniga tutash hududdagi 100 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarida ko‘p qavatli uy-joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda ko‘ngilochar bog‘lar barpo etish belgilangan. 

Mazkur turar joy majmuasini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun loyihaga asosan “Qayilma” MFY hududida joylashgan “Gulbog‘-1” suv inshootidan ikkita nuqtada yer osti suv olish quduqlari barpo etilmoqda. Inshootdan turar joy majmuasiga qadar 3,5 km uzunlikda D=275 mm bo‘lgan metall ichimlik suv tarmoqlari, 1 dona nasos binosi, 2 dona umumiy hajmi 500 m3 bo‘lgan suv rezervuarlari hamda zamonaviy energiya tejamkor suv uzatish nasoslari, elektr transformator o‘rnatish belgilangan. 

Bugungi kunda oqova suv chiqarish xizmatiga ulash bo‘yicha turar joy majmuasidan “Qayilma” MFY hududidan o‘tuvchi D=800 mm bo‘lgan magistral oqova kollektorigacha 4,5 km uzunlikda D=500 mm bo‘lgan oqova tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda. Hozirda yer osti suv olish quduqlari qazilmoqda, suv rezervuarlari hamda tarmoq tortish ishlari boshlangan. 

“Gulbog‘-1” suv inshooti hududidan olinadigan suv miqdori “Parkentsoy” turar joy majmuasining birinchi bosqichida barpo etilayotgan jami 27 ta ko‘p qavatli uylarni, ya’ni 1 ming 16 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi.

– “Parkentsoy” soy bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar markazlashgan issiqlik tarmog‘i – qozonxona orqali isitilishi ko‘zda tutilgan, – deydi Parkent tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh me’mori Husniddin Shahobiddinov. – Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirib kelinmoqda. Hozirda 0,30 gektar yer maydoniga markazlashgan issiqlik qozonlarini o‘rnatish, sarflanadigan issiq suv sig‘imi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2030 yilgacha davom etadi. Birinchi bosqichi joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Ya’ni, joriy yilda 1 ming 16 ta xonadondan iborat 27 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilmoqda. Ushbu uylarning 22 tasi 5 qavatdan va 5 tasi 7 qavatdan iborat. Bugungi kunda mazkur uy-joylarning qurilishi yakunlanish arafasida. “Parkentsoy” soy bo‘yida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p qavatli uy-joylarning bir qismi joriy yilda o‘z egalariga topshiriladi. 

Qurilish industriyasining iqtisodiyot tarkibida tutgan o‘rni juda yuqori. Shu jihatdan olganda, bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar, xizmatlar milliy iqtisodiyotni mustahkamlovchi tayanch nuqta sifatida ijtimoiy yo‘nalishdagi dolzarb vazifalarga yechim topishda muhim vosita bo‘layotgani bilan e’tiborga molik. 

Qurilish iqtisodiyotning barcha tarmoqlari moddiy-texnik bazasini yaratishda, aholining shinam uy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi xizmatlari, shuningdek, madaniy dam olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bugungi kunda mamlakatimiz qurilish sohasidagi siyosati, bu borada amalga oshirilayotgan loyiha va ishlar ayni shu maqsadlarga xizmat qilayotgani bilan diqqatga sazovor. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZR2w8PZtI2Q" title="“Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p qavatli uy-joylarning joriy yilda o‘z egalariga topshiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p qavatli uy-joylarning bir qismi joriy yilda o‘z egalariga topshiriladi (+video)