Yangi Namanganda yangi hayot manzili
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan shaharchasida aholi uchun zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan navbatdagi yirik loyiha foydalanishga topshirildi.
Yangi majmuaning ochilish tadbirida nuroniylar, tadbirkorlar, investorlar, quruvchilar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
«CASTLE TOWN» MCHJning «YASHIL MAKON REZIDENSE» loyihasi doirasida umumiy maydoni 5 gektar bo‘lgan hududda keng ko‘lamli qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu yerda 9, 12 va 21 qavatli turar-joy binolari, mehmonxona, restoranlar, avtosalonlar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etilgan.
[gallery-31552]
Ayni paytda 4 ta 9 qavatli va 2 ta 12 qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi. Yana 2 ta 21 qavatli uyda qurilish ishlari davom etyapti.Loyiha doirasida qariyb 400 milliard so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, 860 ta oilani zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Majmuada aholiga xizmat ko‘rsatish uchun «SOCIALS» restorani ham ish boshladi. Bu yerda 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, avtomobil savdosi, texnik va servis xizmatlariga ixtisoslashgan avtosalon faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ob’ektlarning barpo etilishi Yangi Namangan shaharchasida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi majmuaning shaharcha qiyofasini zamonaviylashtirish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA