Prezidentimizning 2019 yil 5 apreldagi farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjat ijrosini ta’minlash asosida tegishli mutasaddi idoralar tomonidan Fuqarolik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va u 2020 yil noyabrda regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qo‘yildi.

Ushbu loyihaning mulk huquqiga bag‘ishlangan qismlari muayyan ma’noda kishini ajablantiradi. Amaldagi Fuqarolik kodeksining 16-bobi xususiy mulkka, 17-bobi ommaviy mulkka bag‘ishlangan. Bundan farqli ravishda yangi loyihada mulk shakllari ajratilmagan. Holbuki, Konstitutsiyamizning 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha mulk shakllari teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir” deb ko‘rsatilgan. 

Konstitutsiyaning 16-moddasiga ko‘ra, mazkur konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki biror normativ huquqiy hujjat konstitutsiya qoidalari va normalariga zid kelishi mumkin emas. 

Mamlakatimizda mulk shakllarining huquqiy rejimi o‘ziga xosliklarga ega. Bunda xususiy va ommaviy mulk ob’ektlari bo‘yicha, ob’ektlarni tayinlanish maqsadlari bo‘yicha va nihoyat mulkdor vakolatlarini amalga oshirish xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi. 

Xususiy mulk iqtisodiyotimizning negizini, tadbirkorlik va kishilar iste’moli asosini tashkil etadi. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlari kafolatlari to‘g‘risida maxsus qonun mavjud. Xususiy mulk huquqi ob’ektlariga nisbatan mulkdor vakolatlarini ro‘yobga chiqarish xususiy tarzda amalga oshiriladi. Bu holat, ayniqsa, fuqarolar mol-mulkida yaqqol namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, xususiy mulkka mansub bo‘lgan yirik tijorat tuzilmalarida mulkdor vakolatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos tartib-taomillari mavjud. Biroq bunda ham mulkdor erki irodasi xususiy tarzda shakllanadi.

Davlat mulki bo‘lgan ommaviy mulkka nisbatan mulkdor vakolatlarini amalga oshirishning murakkab tartib-taomillari mavjud. Davlat mulki, eng avvalo, davlat ehtiyojlariga xizmat qiladi. Uning tayinlanish maqsadi davlat organlari normal faoliyatini moddiy ta’minlash, mamlakat mudofaasi, xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki unga qarshi kurash olib borish va shu kabilar bilan bog‘liq. Butun mamlakat aholisi va ijtimoiy tuzilmalar ushbu mol-mulkdan foydalanuvchi o‘ziga xos benefitsiar hisoblanadi. Davlat ehtiyojlarini aniqlash, ularga nisbatan bo‘ladigan sarf-xarajatlar hajmini belgilash, tegishli manbalarini shakllantirish, ushbu sarf-xarajatlarni amalga oshirish, ijro intizomini nazorat qilish bularning barchasi muayyan tartib-taomillar asosida, davlat tuzilmalari va xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy qarorlar qabul qilish jarayoniga qadar ko‘plab idoralar va xodimlar bu jarayonga jalb etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatidagi ilk faoliyatidan boshlab “xalq boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi” g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu g‘oya ijrosi bir qancha yo‘nalishlar orqali ro‘yobga chiqarilmoqda. Birinchidan, xususiy mulkni har tomonlama mustahkamlash, qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish, ikkinchidan, davlat mol-mulkidan maqsadli va samarali foydalanish, undan foydalanish jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu jarayondagi shaffoflik, ochiqlik va adolatni ta’minlash. 

bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarida davlat mablag‘lari hisobidan qimmatbaho avtomashinalar olingani, ba’zi hokimlar yetarli moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lmasdan turib, davlat, jamiyat ehtiyojlari uchun uy-joylarni, bino-inshootlarni buzishga yo‘l qo‘ygani, tender o‘tkazmasdan davlat buyurtmalari joylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Bu ma’lumotlar jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilganidan va ta’sirchanligidan dalolat beradi. Chunki ushbu faktlarga nisbatan tegishli vakolatli idoralar muayyan qarorlar qabul qilgani to‘g‘risida axborot bermoqda.

Ushbu real o‘zgarishlar Fuqarolik kodeksida rivojlantirilgan holda o‘z ifodasini topmog‘i lozim edi. Prezidentning 6454-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonun hujjatlarini rivojlantirish konsepsiyasi 3-bo‘limi 1-bandida mulk shakllarini aniqlash tartibini belgilash vazifasi qo‘yilgan. Demak, mulk shakllari ob’ektlari, tayinlanish maqsadlari va mulkdor vakolatlarini amalga oshirish xususiyatlari huquqiy jihatdan aniq ravshan tartibga solinishi lozim edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Fuqarolik kodeksi loyihasiga xususiy mulkka bag‘ishlangan maxsus qism va ommaviy mulkka bag‘ishlangan maxsus qism kiritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Jumladan, ommaviy mulkka bag‘ishlangan qismda quyidagi normalar o‘z ifodasini topishi lozim:

XXX modda. Ommaviy mulkka nisbatan mulkdor vakolatlarini amalga oshirish asoslari va tartibi.

Ommaviy mulkka nisbatan mulkdor vakolatlarini amalga oshirish asoslari va tartiblari ushbu kodeks, boshqa qonunlar bilan belgilanadi. 

Ommaviy mulkka nisbatan mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha sub’ektlar ushbu mol-mulkdan maqsadli va samarali foydalanilishini, tasarruf etilishini ta’minlashlari, oqilona, insofli asosda harakat qilishlari shart. 

Ommaviy mol-mulkka nisbatan mulkdor vakolatlarini amalga oshirishning har bir bosqichida ishtirok etuvchi xodimlar, tuzilmalar boshqa sub’ektlar jarayonning ochiqligini, shaffofligini, barcha benefitsiarlar tanishish imkoniyatlarini ta’minlashlari lozim. Davlat yoki tijorat sirlari bilan bog‘liq munosabatlar bundan mustasno. 

Ommaviy mulk bo‘yicha vakolatlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar, tuzilmalar va boshqa sub’ektlar manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan hollarda ushbu jarayondan chetlanishlari yoxud chetlantirishlari lozim. Ushbu tartibga rioya qilmaslik agarda davlat yoki boshqa sub’ektlar qonuniy huquq va manfaatlari putur yetishga olib kelsa, ommaviy mulkka nisbatan vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar yoki harakatlar haqiqiy emas, deb topilishiga asos bo‘ladi. 

Ommaviy mulk bo‘yicha vakolatlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar, tuzilmalar va boshqa sub’ektlar o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlari oqibatida kelib chiqqan salbiy oqibatlar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda yuridik javobgarlikka tortiladilar. 

XXX modda. Ommaviy mulk benefitsiarlari. 

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi shaxslar, ijtimoiy tuzilmalar ommaviy mulkning benefitsiarlari hisoblanadilar. 

Ommaviy mulk benefitsiarlari ommaviy mulkka nisbatan vakolatlar amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida axborotlar olish, fikrlar bildirishga haqli. 

Ommaviy mulk benefitsiarlari ommaviy mulkka nisbatan vakolatlarni amalga oshirishda o‘z manfaatdorligidan qat’i nazar, talon-torojlar, suiiste’molliklar, asossiz boyishlar, isrofgarchiliklar yoxud boshqa tarzda zararlar yetkazilgan, deb hisoblagan hollarda ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilishga, vakolatli organlarga va sudga murojaat qilishga haqli.

Ommaviy mulk benefitsiarlarini ushbu ko‘rsatilgan huquqlarini amalga oshirishda ta’qib qilish, to‘sqinliklar qilish taqiqlanadi. 

Mana shunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan Fuqarolik kodeksi o‘rtasida ham mantiqiy, ham huquqiy bog‘lanish vujudga keladi. Konstitutsiyaviy normalarni bevosita amalga oshirish mexanizmi yaratiladi.

O.Okyulov,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist,
yuridik fanlari doktori, TDYUU professori. 

Tahririyat fikri muallif fikridan farq qilishi mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Fuqarolik kodeksi loyihasi: konstitutsiyaviy normalardan chekinish qay darajada o‘rinli?