Keksalarga g‘amxo‘rlik – ezgu qadriyat
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, turmush sharoitini yaxshilash va salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Navoiy viloyatida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlar jamoatchilik hayotida faol ishtirok etib, yosh avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
[gallery-29907]
Keksalarning boy hayotiy tajribasi va hayotiy saboqlari yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA