Yamandagi xusiylar AQSH va Eron mojarosiga qo‘shilishi mumkin
“The New York Times” nashri xabar berishicha, Yamandagi xusiylar AQSH hamda Eron o‘rtasida avj olayotgan qurolli to‘qnashuvga bevosita aralashish arafasida turibdi.
Vaziyat tobora keskinlashuviga Eron samolyoti qo‘nishi kutilgan Sanyo xalqaro aeroportiga berilgan hujum sabab bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Tehron xusiylar harbiy imkoniyatidan foydalangan holda, jahon energetika bozoriga muvofiqlashtirilgan bosim o‘tkazishga urinishi mumkin.
Hurmuz bo‘g‘ozidagi bir necha oylik qamal holati sharoitida Qizil dengiz va Bob Al-Mandob bo‘g‘ozi neft eksporti uchun asosiy muqobil yo‘nalish sifatida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni aynan shu yo‘l orqali kuniga 3,6 million barreldan ko‘p xom neft va neft mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA