Yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida “Lizing töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirişga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Şunga qaramay, lizing munosabatlarini huquqiy jihatdan aniq tartibga soliş hamda şartnoma şartlarining aniqligi va şaffofligini taʼminlaş zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun bilan “Lizing töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar lizing oluvçi bölganda lizing obʼektini hisobga olişning öziga xos xususiyatlari, lizing şartnomasidagi lizing obʼektiga bölgan huquqlarni amalga oşiriş tartibi, amortizatsiyani qöllaşni nazarda tutuvçi şartlar belgilanmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorning lizing şartnomasida lizing obʼektiga egalik qiliş va undan foydalaniş huquqlarini, amortizatsiyani qöllaş tartibini hamda foydalanişdagi çeklovlarni alohida körsatiş majburiy ekani belgilanmoqda.

Uşbu talablarga zid şartlarni şartnomaga kiritiş mumkin emas. Yakka tartibdagi tadbirkor va lizing beruvçi örtasida tuziladigan şartnomalar uçun namunaviy lizing şartnomasini işlab çiqiş va qöllaş mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Qonun yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, lizing munosabatlarida huquqiy aniqlikni taʼminlaş hamda kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan nizolarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
N.Abduraimova,
ÖzA