🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

XXI asr – intellektual avlod asri

XXI asr – intellektual avlod asri
Ilm-fan
Tanlaş
15:59 / 25.05.2015

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahri va viloyati yosh olimlari va talabalarining “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida hududiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahri va viloyati yosh olimlari va talabalarining “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida hududiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori G‘.Muhamedov, “Iste’dod” jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda fan va texnologiyalarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, barcha sohani rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, tafakkuri va dunyoqarashini boyitish, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash, yosh olimlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qilish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Konferensiyada Toshkent shahri va viloyatida joylashgan oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining ikki yuzga yaqin yosh olimlari va iqtidorli talabalari ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq va texnika fanlari bo‘yicha o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalari yuzasidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’ruza qildi. Bu ularning nafaqat o‘z ilmiy yo‘nalishi, balki xorijiy tillarni mukammal egallash borasida ham yutuqlarga erishayotganligidan dalolat beradi.

Ma’ruzalarda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish, yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, turizmni rivojlantirish, energiya resurslarini tejash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qurilish sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish kabi mavzular bo‘yicha fikr yuritildi.