Xurmoni quritişning anʼanaviy yapon texnologiyasi
Orolböyi xalqaro innovatsiya markazida xurmoni quritişning zamonaviy texnologiyalari va ularni Özbekiston fermer xöjaliklarida qöllaş imkoniyatlariga bağişlangan amaliy seminar bölib ötdi.
Tadbir Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universiteti (Tokyo University of Agriculture and Technology, Yaponiya) hamkorligida taşkil etildi. Taklif etilgan ekspert sifatida Tokio universiteti professori Yosiko Kavabata iştirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi - fermer xöjaliklari vakillarini xurmo quritişning zamonaviy yondaşuvlari va amaliy usullari bilan taniştiriş. Şuningdek, uşbu sohada Yaponiyaning ilğor tajribasini örganişdan iborat.

Xalqaro seminar-trening doirasida iştirokçilar xurmo yetiştiriş, teriş va qayta işlaşning asosiy jihatlari böyiça qimmatli amaliy bilimlarga ega böldilar. Xususan, quritiş uçun eng qulay bölgan buriştiruvçi xurmo navlari, hosilni yiğib olişning maqbul muddatlari, meva sifatiga qöyiladigan xalqaro talablar va standartlar körib çiqildi. Xurmoni quritişning “Xosigaki” (Hoshigaki) anʼanaviy yapon texnologiyasi taqdimoti alohida qiziqiş uyğotdi. U mevalarni tayyorlaş va asta-sekin quritişning maxsus usullarini öz içiga oladi. Iştirokçilarga uşbu texnologiyani qöllaşning asosiy bosqiçlari böyiça tavsiyalarni öz içiga olgan maxsus amaliy qöllanma ham taqdim etildi.

Taşrif doirasida Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi direktori B.Habibullayev yapon vakillarini faoliyatning asosiy yönalişlari, ilmiy-amaliy salohiyati, amalga oşirilayotgan loyihalar va mavjud tadqiqot infratuzilmasi bilan taniştirdi. Qişloq xöjaligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasida innovatsion yondaşuvlar va texnologiyalar joriy etilayotgan hamda sinovdan ötkazilayotgan tajriba va tajriba maydonlari namoyişiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuvda tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ilmiy-amaliy hamkorlikning umumiy yönalişlarini belgilaş va kelajakda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri