Vatanga munosib öğlonlarni tarbiyalaş – ustuvor maqsadimiz
Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ertamiz egalarini mudofaa sohasidagi boşlanğiç bilimlarga öqitiş va harbiy xizmatga tayyorlaş fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga sifatli tayyorlab, sportning texnik-amaliy turlarini yanada rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy texnik mutaxassisliklari böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori “Vatanparvar” tizimi faoliyati rivojida dasturilamal bölmoqda.
Xöş, uşbu taşkilot faoliyati samaradorligi qanday? Erişilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar xususida “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi raisi Ahmadjon Aʼloxöjayev bilan suhbat suhbatlaşdik.

– Ahmadjon Musoxonoviç, taşkilotingiz tuzilganiga bu yil 35 yil töladi. Şundan kelib çiqqan holda, aytingçi, "Vatanparvar" keça qanday edi-yu, bugun qanday özgardi?
– Şuni alohida taʼkidlaş joizki, taşkilotimizning asosiy maqsadi Vatanimiz xavfsizligini, uning qurolli kuçlari, mudofaa qudratini mustahkamlaşga kömaklaşiş, keng xalq ommasi, xususan yoşlarni mehnat va Vatanni himoya qilişga tayyorlaşdir.
Şu maʼnoda, bugungi «Vatanparvar» bundan 10-15 yil avvalgi taşkilotdan tubdan farq qiladi. Ilgari köpçilik bizni faqat haydovçilik guvohnomasi beradigan taşkilot sifatida tanir edi. Sönggi yillarda mamlakatimiz rahbarining sohaga qaratayotgan eʼtibori tufayli faoliyatimiz butunlay yangi bosqiçga kötarildi.
Bugun biz taşkilot faoliyatining asosiy yönalişlari sifatida: fuqarolar, şu jumladan yoşlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk qilib va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning ongiga Vatanga muhabbat, mehnatga masʼuliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyğularini singdiriş; texnik va amaliy sport turlarini rivojlantiriş va ommalaştirişni taʼminlaş, sport taşkilotlari va jamoalari faoliyatiga kömaklaşiş; bolalar, ösmirlar va çaqiruvgaça bölgan yoşlar örtasida ommaviy sport işlarini taşkil etiş va ötkaziş; yoşlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boşlanğiç bilimlarga öqitişda hamda ularni harbiy xizmatga tayyorlaşda davlat hokimiyati idoralariga kömaklaşiş; avtomototransport vositalari haydovçilari, texnik hamda boşqa kasblar mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş borasida xalqaro, mahalliy va xorijiy taşkilot, korxonalar bilan faol hamkorlikda tizimli iş olib boryapmiz.
[gallery-32621]
– Namanganda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va ularni harbiyga tayyorlaş borasida qanday yangi yondaşuvlar qöllanilmoqda? Yigit-qizlarni taşkilot tadbirlari va loyihalariga jalb qilişda nimalarga eʼtibor berilyapti?
– Yoşlar bilan işlaşda oçiq muloqot va hamkorlik yoş avlod vakillarining muammolarini örganiş, takliflarini tinglaş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvlari muntazam uyuştirib kelinmoqda. Uçqörğon, Namangan şahri, Töraqörğon Kosonsoy va Töraqörğon tumanlarida ötkazilgan muloqotlarda taʼlim oliş, kasb egallaş, iş bilan taʼminlaniş, sport bilan şuğullaniş hamda böş vaqtni mazmunli taşkillaş masalalari muhokama qilindi. Uşbu uçraşuvlarda 6500 dan ziyod yoşlar qamrab olindi.
“Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari orqali yoşlar harbiy xizmatçilar, mehnat va harbiy xizmat faxriylari bilan muloqot qiliş, ularning hayotiy tajribasidan saboq oliş imkoniyatiga ega böldi. Joriy yil davomida bu yönalişda 36 ta tadbir ötkazilib, ularga jami 5120 nafar yoş jalb etildi. Ertamiz egalarining kasbiy salohiyatini rivojlantiriş va bandligini taʼminlaş taşkilot faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir. Ayni şu maqsadda taʼlim muassasalari, korxona va taşkilotlar, mahallalar hamda yoşlar markazlari bilan hamkorlikda oçiq muloqotlar, tarğibot tadbirlari va kasbga yönaltiriş işlari olib borilmoqda.
“Vatanparvar” taşkiloti – mening tanlovim!” va “Vatanparvarlik – oliy maqsadim!” şiorlari ostida şu yilning ötgan davrida 24 ta “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ötkazilib, ularda 2100 ga yaqin yoşlar iştirok etdi. Tadbirlarda taşkilotimizning öquv kurslari, sport seksiyalari, texnik imkoniyatlari va haydovçilarni tayyorlaş yönalişlari bilan taniştirildi.
Namangan davlat texnika universiteti bilan yölga qöyilgan hamkorlik esa dual taʼlimni amaliyotga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Transport va logistika fakultetining transport muhandisligi kafedrasi, transport vositalari muhandisligi taʼlim yönalişi talabalari “Vatanparvar” taşkilotining öquv xonalari, ustaxonasi, laboratoriya bazasi va avtodromida amaliy maşğulotlar ötkaziş imkoniyatiga ega böldi.
Oliy taʼlim muassasi bilan hamkorlikning amaliy natijasi sifatida transport vositalari muhandisligi taʼlim yönalişining 10 nafardan ortiq bitiruvçisi işga qabul qilindi. Şuningdek, joriy yilning yana 6 nafar bitiruvçining bandligi taʼminlandi. Yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga yönaltiriş maqsadida haydovçilik kurslariga jalb qiliş işlari ham davom ettirilmoqda.
Mahallalardagi uyuşmagan yoşlar, maktab öquvçilari bilan harbiy qismlarga ekskursiyalar, «Şunqorlar», «Yoş çegaraçilar» musobaqalarini muntazam ötkazyapmiz. Eng muhimi, «Temir daftar» va «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yigit-qizlarni sport seksiyalarimizga bepul jalb qilib, ularning jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşyapmiz.

– «Vatanparvar» tizimidagi sport tögaraklari, yaʼni sportning texnik-amaliy turlariga yoşlarning qiziqişlari qay darajada? Sportçilarning sönggi yillardagi respublika va xalqaro arenalardagi yutuqlari haqida töxtalsangiz.
– Bizni quvontirgani, faoliyatimiz ösib kelayotgan ertamiz egalariga maʼqul bölyapti. Demak, “Vatanparvar”ga qiziqiş yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni paytda viloyat kengaşi tasarrufidagi öquv sport texnika markazlarida karting, avtokross, motokross, pnevmatik quroldan öq otiş-para öq otiş, aviamodel, raketamodel hamda yozgi biatlon kabi sport turlari böyiça önlab seksiyalar faoliyat yuritmoqda. Namanganlik sportçilar nafaqat Özbekiston çempionatlarida, balki Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari, Osiyo va jahon miqyosdagi musobaqalarda ham sovrinli örinlarni qölga kiritib kelmoqda. Ayniqsa, öq otiş, yozgi biatlon va raketamodel böyiça şuğullanayotgan yoşlarimiz Özbekiston terma jamoasining asosiy özagini taşkil etadi.
2016-2026-yillarda taşkilotimiz tomonidan 412 ta klub, 648 ta tuman va 108 ta viloyat musobaqalari hamda 40 ta respublika miqyosida sportning öq otiş, yozgi biatlon, karting, motokross, harbiy amaliy köpkuraş, raketamodel va aviamodel turlari böyiça bellaşuvlar ötkazildi. Bunda 40 ming 740 nafar sportçining iştiroki taʼminlandi.
Eʼtiborlisi şundaki, taşkilotimiz tarbiyalanuvçilaridan joriy yilda Hindistonning Dehli şahri mexbonlik qilgan öq otiş sport turi böyiça Osiyo çempionatida Muhammad Kamolov ikkita oltin, bitta kumuş medalni qölga kiritdi. Sodiqjon Abdullayev uşbu turnirda bitta kumuş, Qozoğistonning Çimkent şahrida ötgan öq otiş böyiça xalqaro turnirda ikkita kumuş, Misr Arab Respublikasining Qohira şahrida bölgan yirik musobaqada kumuş medalga sazovor böldi.
Şuningdek, Qatar poytaxti Doha şahrida öq otiş sporti böyiça ötkazilgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi aʼzolari Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamolovlar tarixiy natija qayd etib, bronza medaliga sazovor böldilar.
Eʼtiborlisi, mazkur bronza medal Özbekiston merganlari uçun jahon çempionatlari tarixidagi ilk sovrin hisoblanadi. Uşbu tarixiy muvaffaqiyatga Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti Namangan viloyati kengaşi tarbiyalanuvçilari — Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamolovlar ham munosib hissa qöşişdi.
Erişilgan natijalarimizning yana bir isboti sifatida ötgan davr davomida şogirdlarimizdan olti nafari oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilindi.
10 yil davomida viloyatimiz sportçilari tomonidan respublika va xalqaro musobaqalarda 71 ta oltin, 112 ta kumuş va 134 ta bronza medal qölga kiritilgani eʼtirofga sazovor.

– Texnik va amaliy sport turlarini yanada ommalaştiriş va tumanlarda ham rivojlantiriş uçun moddiy-texnik baza yetarlimi?
– Albatta, texnik sport turlari katta mablağ va zamonaviy inventarlarni talab etadi. Bu borada tizimli işlar olib borilmoqda. Viloyatimizning barça tumanlari va Namangan şahrida jami 14 ta öquv sport texnika markazi işlab turibdi.
Darvoqe, sportçilarimizga munosib şaroitlarni hozirlaş, moddiy texnik bazani yanada mustahkamlaş maqsadida “Vatanparvar” taşkiloti markaziy kengaşi tomonidan Namangan viloyati kengaşi uçun ajratilgan “Plisa”rusumli, kalibri 4.5 millimetr bölgan va maşq qurolning oğiz qismidagi quvvati (dulnaya energiya) 7.5 jouldan yuqori bölmagan pnevmatik sport öq otiş qurollari va beş dona elektron nişon (mişen) olindi.
Yaqinda Çust, Kosonsoy va Töraqörğon tumanlarida barça xalqaro standartlarga javob beradigan yangi öquv avtodromlari foydalanişga topşirildi. Şuningdek, taşkilotimizning 35 yilligi munosabati bilan öquv muassasalarimiz avtoparki yangi «Onix», «Kia Sonet» rusumli yengil hamda «Faw» va «Foton» rusumli zamonaviy yuk avtomobillari bilan töldirildi.

– Aholi, ayniqsa, yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga, masalan, haydovçilik, texnik xizmat körsatiş kabilarga öqitiş böyiça nima işlar qilinmoqda?
– Bugungi kunda markazlarimizda nafaqat «A», «B», «C», «D», «E» toifali haydovçilar, balki avtoçilangar, elektrik-akkumulyatorçi, gaz-elektr payvandçi, vulkanizatorçi, yuk ortuvçi va avtokran boşqaruvçisi singari önga yaqin işçi kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlanmoqda. Quvonarlisi, "Vatanparvar" taşkiloti va Migratsiya agentligi örtasidagi hamkorlik doirasida «BC» va «CE» toifalariga öqitilgan yurtdoşlarimiz Germaniya va Yevropaning boşqa davlatlariga yuqori maoşli işlarga yuborilmoqda.
Şuningdek, yaqin kunlarda Haydovçilarni xalqaro malaka talablariga muvofiq tayyorlaş va xorijiy davlatlarda işga joylaştiriş böyiça masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Getwork” xususiy bandlik agentligi hamda “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi örtasidagi hamkorlik memorandumini imzolaş va 2027-yil uçun qöşma amaliy çora-tadbirlar rejasi ni işlab çiqiş işlari olib borilmoqda.
Mazkur reja viloyatimizdagi nomzodlarni xalqaro yuk taşiş sohasi talablariga mos tayyorlaş, Litva Respublikasidan jalb etiladigan mutaxassislar iştirokida “Codye 95” yönalişidagi öquv maşğulotlarini taşkil etiş hamda kelgusi yil yakuniga qadar 480 nafar fuqaroning xorijda qonuniy işga joylaşişiga erişişni maqsad qiladi. Bu esa yoşlarimiz uçun katta imkoniyatdir.

– "Vatanparvar" faoliyati davomida qanaqa muammolarga duç kelmoqdasiz va ularni hal etişda çoralar körilyaptimi? Sohaga tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar samaralari hamda taşkilotning kelgusidagi ustuvor rejalari haqida gapirsangiz?
– Bugungi kunda eng asosiy masalamiz çekka qişloqlardagi yoşlarni texnik sport seksiyalariga yanada kengroq qamrab oliş va ayrim tumanlardagi öquv binolarini töliq modernizatsiya qiliş.
Şuni qayd etiş lozimki, hozirda taşkilotimiz tasarrufidagi öquv-sport texnika markazlarida öquv jarayonlari töliq raqamlaştirilgan. Nazariy darslar interaktiv elektron dasturlar yordamida, şuningdek, avtomobilni amaliy boşqariş maşğulotlari esa Pop, Çust, Töraqurğon, Kosonsoy va Uyçi tumanlari öquv sport texnika markazlari negizida yangi qurib bitkazilgan zamonaviy avtodromlarda ötkazilmoqda.
Yana bir jihat, nafaqat sportda, haydovçilik sohasida ham nogironligi bor fuqarolar uçun öquv taşkilotlarimizda barça şaroitlar yaratilib kelinmoqda. Yaqinda Uyçi tumani öquv-sport texnika markazida nogironligi bor fuqarolar öquv guruhida nazariy va amaliy maşğulotlarni özlaştirib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirdi va haydovçilik guvohnomasiga ega bölişdi.
Kelgusidagi ustuvor rejamiz Namanganni barça yönalişlar böyiça respublikada yetakçi öringa olib çiqiş va har bir şahar, tumanda yoşlar uçun zamonaviy texnik ijodiyot markazlarini taşkil etişdir.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (suratlar), ÖzA muxbirlari