Xotin-qizlar bilan oçiq muloqot - muammolarga amaliy yeçim demak
Mamlakatimizda har bir ayolning muammosini eşitiş, ularning orzu-istaklari va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş orqali oilalar farovonligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana şu ezgu maqsadlar yölida joylarda aholi bilan bevosita muloqot qiliş, tizimli kamçiliklarni joyida örganiş va bartaraf etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan joylardagi ayollar bilan töğridan-töğri va oçiq muloqotlar taşkil etiş ezgu anʼanaga aylanib bormoqda. Navbatdagi ana şunday uçraşuv ham turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tadbirkorlikka intilayotgan hamda ijtimoiy kömakka muhtoj xotin-qizlarni bir davraga jamladi.
[gallery-32469]
Bunda agrar tarmoqda mehnat qilayotgan ayollarning iş şaroitlarini yaxşilaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va sohadagi mavjud muammolarga tizimli yeçim topiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv davomida mutasaddi rahbarlar va tegişli idoralar vakillari har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarning tub sabablarini tahlil qildi. Bunda bandlikni taʼminlaş, kasb-hunarga öqitiş, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiş, şuningdek, oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş kabi dolzarb masalalar ham diqqat markazida böldi.
Jumladan, muhokamada xotin-qizlar uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda xöjalik faoliyatini kengaytiriş va daromadini oşirişga kömaklaşiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, suv taʼminoti bilan boğliq murojaatlar alohida körib çiqildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan suğorişdagi uzilişlarni suv xöjaligi mutaxassislari bilan örganiş, eksportbop jiyda navlarini tanlaş va sifatli köçat yetkazib berişda ilmiy-amaliy yordam körsatiş, qişloq xöjaligi texnikasini lizing asosida xarid qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi. Muloqotda imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratişda fermer va tomorqa egasi bölgan xotin-qizlarga ustuvorlik beriş taklif qilindi.
Ilğor fermer ayollar tajribasi asosida hududlarda tajriba almaşiş maktablarini taşkil etiş, agrar maslahat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, yetiştirilgan mahsulotni sotiş va eksport qilişda amaliy kömak körsatiş böyiça ham takliflar bildirildi.
Uçraşuv söngida oçiq muloqot davomida kötarilgan barça muammo va takliflar umumlaştirilib, ularning ijrosi yuzasidan aniq «yöl xaritasi» va nazorat rejasi belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov (surat),
ÖzA