Xorijiy investitsiyalar jalb etiş masalalari muhokama qilindi
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, energetika infratuzilmasini yangilaş va energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan sohada xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, zamonaviy texnologiyalar va ilğor boşqaruv usullarini joriy qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, elektr energiyasiga bölgan talab tobora ortib borayotgan şaroitda mavjud tarmoqlarni yangilaş, ularning ötkazuvçanlik imkoniyatini oşiriş va isteʼmolçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Turkiyaning “EKSIM Holding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvçi “Dicle Group” kompaniyasi vakillari bilan uçraşuvida ham ana şu masalalar xususida söz bordi.
Uçraşuvda kompaniya vakillari öz faoliyati, amalga oşirayotgan loyihalari, şuningdek, elektr energetikasi sohasida töplagan tajribasi haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, “EKSIM Holding” Buxoro viloyati elektr taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida yangilaş va xususiy boşqaruvga ötkaziş orqali sohaga investitsiyalar kiritişdan manfaatdor. Bu taşabbus elektr taʼminoti tizimidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, infratuzilmani takomillaştiriş hamda xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Loyihaning asosiy maqsadi elektr tarmoqlari işonçliligini oşiriş, eskirgan infratuzilmani bosqiçma-bosqiç yangilaş va isteʼmolçilar uçun barqaror elektr taʼminotini taʼminlaşdan iborat.
Viloyat hokimi Botir Zaripov hududning energetika sohasidagi salohiyati, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi. Şuningdek, Buxoroda “yaşil” energetika uluşini oşiriş, energiyani saqlaş tizimlarini keng joriy etiş, zamonaviy energiya saqlaş qurilmalari sonini köpaytiriş hamda mazkur yönalişlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan öz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Darhaqiqat, energetika sohasini rivojlantiriş faqat yangi elektr quvvatlarini işga tuşiriş bilan çeklanmaydi. Işlab çiqarilgan energiyani samarali taqsimlaş, uni saqlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, tarmoqlardagi yöqotişlarni kamaytiriş va zamonaviy boşqaruv tizimini şakllantiriş ham muhim ahamiyatga ega. Şu nuqtai nazardan, elektr taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş hudud energetika tizimining istiqboldagi rivoji uçun muhim omil bölişi mumkin.

Muloqot davomida elektr taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, xususiy sektor investitsiyalarini jalb etiş, sohaga ilğor boşqaruv tajribasini tatbiq qiliş hamda özaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Mazkur uçraşuv Buxoro viloyati energetika infratuzilmasini rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalar iştirokini kengaytiriş va zamonaviy texnologiyalar asosida elektr taʼminoti sifatini oşiriş borasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilişga xizmat qildi. Eng muhimi, bunday loyihalarning amaliy röyobi hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş bilan birga, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining işonçli energiya taʼminotiga bölgan ehtiyojini taʼminlaşda ham muhim örin tutadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri