Tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy jarimalarni qöllaş tartibi takomillaştiriladi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga moliyaviy jarimalarni qöllaşga, uşbu jarimalarning qöllanilişi ustidan şikoyat qilişga hamda qonunga xilof ravişda undirilgan mablağlarni qaytarişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan yuridik şaxslarga nisbatan moliyaviy jarimalarni qöllaş, ularni tölaş va qabul qilingan qarorlar ustidan şikoyat qiliş tartibini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda.
Xususan, huquqbuzarlik tan olingan taqdirda, jarima töğrisidagi qaror beş iş kuni içida qabul qilinadi. Qaror topşirilganidan keyin bir oy içida jarimaning 50 foizi tölansa, qolgan qismini tölaşdan ozod etiş belgilanmoqda. Jarimani bölib-bölib tölaş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, yuridik şaxs huquqbuzarlikni tan olmagan taqdirda, masala sud tartibida körib çiqiladi. Qaror ustidan şikoyat qilinganda uning ijrosi töxtatiladi. Qonunga xilof ravişda undirilgan mablağlar esa 15 kun içida qaytariladi.

Huquqbuzarlik töğrisidagi dalolatnomani yuridik şaxs vakili iştirokida rasmiylaştiriş hamda vakil uni imzolaşdan boş tortgan holatlarni videoyozuv yoki xolislar iştirokida tasdiqlaş tartibi belgilanmoqda.
Majlisda mazkur özgartirişlar moliyaviy jarimalarni qöllaşda yagona tartibni joriy etiş, tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ularning moliyaviy yukini kamaytirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
N.Abduraimova,
ÖzA