Xorij xabarlari (+video)
Dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy voqealari tafsilotlar bilan "Xorij xabarlari" dasturi
-AQSH prezidenti Donald Trampning so‘nggi nutqlarida bir qator e’tiborga molik xatolar kuzatilgani CNN tomonidan jamlandi.
- Yevropada iyun oyi oxirida kuzatilgan anomal issiqlik oqibatida 10 mingdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi.
- Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydi 14-iyul kuni Vashingtonga rasmiy tashrif bilan boradi. Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, neft va gaz sohasida bir qator anglashuv memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.
- Ukraina harbiylari 12-iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning 14 ta kemasiga zarba berganini ma’lum qildi.
- Tailand poytaxti Bangkokdagi barda yuz bergan yirik yong‘in oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq odam jarohatlandi.
- Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol Seul markaziy okrug sudi tomonidan “Siyosiy kampaniyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunni buzganlikda aybdor deb topilib, yana 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qrqpsxLk_7g" title="Trampning xatolari, Evropadagi jazirama qurbonlari va dunyodagi muhim voqealar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA