Xorij xabarlari (+video)
Urush, diplomatik mojaro va kutilmagan qarorlar... AQSH va Eron o‘rtasidagi yangi raketa zarbalari, Italiya bilan aloqalarni uzgan Nikaragua, Trampning bahsli bayonoti va Markaziy Osiyoga taalluqli muhim yangiliklar bilan "Xorij xabarlari" dasturi
- AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik yana kuchaydi. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, AQSH harbiylari tunda Eronning bir qator ob’ektlariga, jumladan Bandar Abbos aeroporti, stansiya hamda muhim transport infratuzilmasiga raketa zarbalari berdi.
- Nikaragua hukumati Italiya bilan diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qildi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining Nikaraguaga nisbatan bildirgan bayonotlari bilan izohladi.
- Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini yana bir bor ma’lum qildi.
- AQSH prezidenti Donald Tramp hujjatsiz xorijlik yuk mashinasi haydovchilari o‘rniga amerikalik harbiy faxriylarni jalb qilish rejasini ma’lum qildi.
- Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga bug‘doy importini olti oy muddatga taqiqlash to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qildi.
Batafsil video davomida:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ofr8vIvlFYA" title="Erondagi hujumlar, diplomatik mojaro va migrasiyaning yangi yo`li" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA