Dunyodagi notinch vaziyat tufayli migratsiya faollashgani sir emas. Bunday vaziyatda odamlar tinch va xotirjam joy qidiradi va vaqtincha yashash uchun o‘sha hududga boradi.

2022 yilning o‘tgan davrida mamlakatimizga ham chet el fuqarolari oqimining kuchaygani kuzatildi. Migratsiya boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlari bu yuklamalar bilan qanday ishlamoqda?

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Muhamedov bilan suhbatlashdik.

– 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida chet el fuqarolari tomonidan asosan mamlakatimizning Toshkent shahri va turistik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik shaharlariga keluvchilar soni ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalarida chet el fuqarolarini hisobga olish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassis xodimlar ularni ro‘yxatga olish ishlarini olib bormoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, chet el fuqarolarini 1 oygacha bo‘lgan muddatga turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishda uy egalari tomonidan interaktiv shaklda murojaatning imkoniyati yaratilgan. Ya’ni buni my.gov.uz portali orqali uydan turib rasmiylashtirish mumkin.

Shuningdek, chet el fuqarosini vaqtincha ro‘yxatga olish jarayonida chet el fuqarosi joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelishi shart emas. Bu uy egasining murojaati orqali amalga oshiriladi. O‘z navbatida, bu – bo‘linmalarda navbatlar sonining keskin qisqarishiga imkoniyat yaratadi.

– 2021 yil bilan taqqoslanganda joriy yilda qancha chet el fuqarosi yashash uchun O‘zbekistonga ko‘chib kelgan?

– 2021 yil 9 oyi davomida hududiy bo‘linmalarimiz tomonidan 1646 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar turgan joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2022 yilning 9 oyi davomida 1821 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy ro‘yxatga olingan. Ularga chet el fuqarosi uchun mo‘ljallangan yashash guvohnomasi – ID-kartalar rasmiylashtirib berilgan.

Bu kirib kelgan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga qiziqishi ortib borayotgani, mamlakatimizning turistik salohiyati yuksalayotganidan dalolat beradi.

2021 yil yarmiga qadar esa mamlakatimizda pandemiya sababli ayrim cheklovlar o‘rnatilgani bois chet el fuqarolarining soni ko‘p bo‘lmagan.

– O‘zbekistonga mahalliy ish beruvchilar tomonidan qancha xorijlik shaxs taklif qilingan?

– O‘zbekiston hududiga chet el fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida taklif etish Ichki ishlar vazirligi vakolatiga kirmaydi.

Mazkur masala Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan amalga oshirilishi sababli, mahalliy ish beruvchilar taklif qilayotgan chet el fuqarolari soni yuzasidan aniq ma’lumotga ega emasmiz.

– Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga kirib kelganlar, fuqarolikni olganlar, ishlashga kelganlar soni qancha? Rossiyadan keluvchilarning qanchasi erkaklar va ular necha yoshni tashkil etadi?

– O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 318 156 nafar Rossiya federatsiya fuqarolari mamlakatimizga kelgan. Ularning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar yoshga bog‘liq ravishda 109 ming 417 nafarini 18 yoshdan 30 yosh oralig‘igacha bo‘lganlar, 117 ming 625 nafarini 30 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, 73 ming 858 nafari 55 yoshdan yuqori bo‘lganlar tashkil etadi.

«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni 21-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Prezident tomonidan chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qonunda belgilangan talablar (chet davlat fuqaroligidan voz kechishi, respublika hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida 5 yil muqim yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo‘lishi, davlat tilini lozim darajada bilishi) qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkinligi belgilangan.

Hozirga qadar 18 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Shuni ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining aksariyati mamlakatimizga doimiy yashash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish maqsadida emas, vaqtincha yashash maqsadida kirib kelmoqdalar.

– Chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lish tartibi qanday?

– Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston hududida bo‘lishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.

Qaror talablariga ko‘ra, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgandan so‘ng ikki kun ichida joylashtirish vositalari (mehmonxonalar)ga murojaat qilish yoki uch kun ichida hududiy migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama Xalqaro kelishuv imzolangan davlatlar – Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari 5 kun, Tojikiston Respublikasi fuqarolari 10 kun, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari 15 kun ichida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 225-moddasiga muvofiq, chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalariga o‘n sutkagacha rioya etmaganligi uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning besh baravari miqdorida – 1 million 500 ming so‘mga; qoidalarni o‘n sutkadan ortiq, ammo o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzish — BHMning o‘n baravari miqdorida –
3 million so‘mga; qoidalarni o‘ttiz sutkadan ortiq muddatga buzish — BHMning yigirma baravari miqdorida, ya’ni 6 million so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur modda bilan mamlakatda bo‘lish tartibini buzgan chet el fuqarolariga yashash joyini taqdim etgan shaxslarga nisbatan ham jarima solinishi belgilangan.

– O‘zbekistonda vizasiz bo‘lish muddatlari hamda istisno holatlarda qabul qilish uchun chet el fuqarolari uchun imtiyozlar belgilanganmi?

– Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi qarori bilan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Shundan 8 ta mamlakat fuqarolari vizasiz, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari 60 kungacha, 76 ta mamlakat fuqarolari 30 kungacha vizasiz kelishlari mumkin.

Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 10 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda) joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi farmoni bilan 56 ta mamlakat fuqarolariga elektron kirish vizasini olish imkoniyati yaratilgan.

Chet el fuqarolarini istisno holatlarda qabul qilish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilanmagan.

– Chet el fuqarosi O‘zbekistonda vafot etgan taqdirda qanday rasmiyatchilik normalari mavjud?

– Tashqi ishlar vazirligining bergan og‘zaki ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida vafot etgan chet el fuqarosini o‘z vataniga dafn etish uchun olib ketish bilan bog‘liq masalalar vafot etgan shaxsning O‘zbekistondagi elchixona yoki konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosini O‘zbekiston hududida dafn etish tartibi shaxsning vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng dafn etiladigan hudud (tuman) hokimiyati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Shuhrat NE’MATOV, suhbatlashdi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij fuqarolari O‘zbekistonga qanday maqsadda kirib kelmoqda?