Xorazmlik o‘quvchi ilk IMOda qatnashadi
Urganch shahar 3-son maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sulaymon Matnazarov 67-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
E’tiborlisi, Xorazm tarixida ilk bor maktab o‘quvchisi ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda.
Saralash natijalariga ko‘ra, Sulaymon 3-o‘rin bilan terma jamoaga qabul qilindi. Hozirga qadar uning hisobida 2 ta kumush va 1 ta bronza medal mavjud.
Joriy yilning 10-21-iyul kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirokchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA