Xorazmda “Kelajak kubogi” ğoliblari aniqlandi
Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida mini futbol böyiça 2013-2014-yillarda tuğilgan yoş futbolçilar örtasida “Kelajak kubogi” turniri ötkazildi.
Xorazm viloyatida “Kelajak markazi” taşabbusi bilan ötkazilgan musobaqada vohaning turli hududlaridan 16 ta jamoa ğoliblik uçun özaro bahs yuritdi.
Uşbu birinçilikda jamoalari öz mahoratlarini işga solib, jamoaviy va çiroyli öyin namoyiş etişga harakat qilişdi.
Yakuniy natijalarga köra, sport maktabi şarafini himoya qilgan “Yoşlik” va “Bunyodkor” jamoalari mos ravişda faxrli uçinçi öringa sazovor bölişdi. Hazoraspning “Hazorasp Kids” jamoasi esa ikkinçi öringa loyiq körildi.

“Kelajak kubogi” turnirining şohsupasini, yaʼni birinçi örinni viloyat futbol maktabining “Winners” jamoasi egalladi.

Turnir yakunida barça ğolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
A. Şokirov, ÖzA