Elektron tizim töliq joriy etildi
Suyultirilgan gazni xonadonlarga yetkazib beriş jarayonida inson omilini kamaytiriş, mahsulotning manzilli taqsimotini taʼminlaş va hisobdorlikni kuçaytiriş maqsadida Sirdaryo viloyatida Face ID texnologiyasi hamda «E-gaz» elektron tizimi töliq joriy etildi. Endi har bir gaz balloni kimga, qaçon va qaysi miqdorda yetkazilgani raqamli tarzda qayd etib boriladi.
Bugun raqamlaştiriş hayotimizning barça sohalariga kirib bormoqda. Bu jarayon kommunal xizmatlar, xususan, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimida ham muhim özgarişlarga zamin yaratmoqda. Ilgari köplab jarayonlar qöldagi hisob-kitoblar asosida yuritilgan bölsa, endi zamonaviy texnologiyalar orqali har bir bosqiçni nazorat qiliş imkoniyati paydo böldi.
«Hududgaz Sirdaryo» gaz taʼminoti filiali tomonidan joriy etilgan yangi mexanizmning asosiy xususiyati şundaki, gaz ballonlarini yetkazib berişda isteʼmolçining şaxsi Face ID orqali aniqlanadi, ballon esa unga biriktirilgan maxsus ştrix-kod vositasida elektron hisobga olinadi. Bu esa mahsulotning belgilangan manzilga yetib borişi, taqsimotda şaffoflik va hisobdorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Tizimning işlaş tartibi ham qulay. Barça maişiy gaz ballonlariga maxsus ştrix-kodli stikerlar örnatilgan, isteʼmolçilar ID-kartalar bilan taʼminlangan. Gaz tarqatuvçi xodimlar esa maxsus planşetlar orqali faoliyat yuritadi. Qurilmalarga integratsiya qilingan «E-gaz» dasturi yordamida isteʼmolçining şaxsi biometrik identifikatsiya qilinadi, ballon ştrix-kodi skanerlanadi va yetkazib beriş amaliyoti elektron tarzda qayd etiladi.
Natijada har bir operatsiya böyiça maʼlumotlar yagona tizimda saqlanadi. Bu nafaqat gaz taqsimotini nazorat qiliş, balki isteʼmolçilarga xizmat körsatiş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş, mavjud muammolarni tezkor aniqlaş va ularga yeçim topiş imkonini ham beradi.
Mazkur yangilik Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi "Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilişini yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oşirildi. Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boşlab Sirdaryo viloyatida aholi isteʼmolçilariga suyultirilgan gazni Face ID tizimi orqali yetkazib beriş töliq yölga qöyildi.
[gallery-32663]
Bugungi kunda viloyatda suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlanayotgan isteʼmolçilar soni 73 930 nafarni taşkil etadi. Ularning 73 880 tasi aholi xonadonlari, 50 tasi esa ijtimoiy soha obʼektlaridir.
Eng muhimi, «Hududgaz Sirdaryo» filiali tomonidan joriy yilning yanvar–oktabr oylarida isteʼmolçilarga 8 667,2 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Bu körsatkiçlar hududda gaz taʼminotining qançalik keng qamrovli va masʼuliyatli jarayon ekanini anglatadi.
Albatta, bunday kölamdagi taʼminotni uzluksiz taşkil etiş raqamli nazorat bilan bir qatorda, mustahkam infratuzilma va yetarli transport imkoniyatlarini ham talab etadi.
Ayni paytda viloyatda suyultirilgan gaz taʼminoti uçta asosiy gaz töldiriş şoxobçasi orqali amalga oşiriladi. Ularning oylik gaz töldiriş quvvati 1 800, saqlaş imkoniyati esa 185 tonnani taşkil etadi. Şoxobçalar bir sutkada 79 tonnagaça gazni ballonlarga töldiriş imkoniyatiga ega.
Gaz mahsulotini taşiş uçun 8 ta maxsus MAN avtosisternasi, aholiga ballonlarni yetkazib beriş uçun esa 22 ta ISUZU rusumli maxsus transport vositasi jalb qilingan. Ular belgilangan reja-jadval asosida hududlar böylab harakatlanib, xonadonlarning ehtiyojini qondirişga xizmat qilmoqda.
Gaz taʼminotida faqat mahsulotni öz vaqtida yetkaziş emas, balki uning xavfsizligini taʼminlaş ham muhim vazifa hisoblanadi. Şu bois maişiy gaz ballonlarining texnik holatini tekşiriş, taʼmirlaş va belgilangan sinovlardan ötkaziş işlari muntazam olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning töqqiz oyida Mirzaobod maişiy gaz ballonlarini taʼmirlaş va sinovdan ötkaziş markazida 16 100 donadan ortiq ballon taʼmirlanib, texnik sinovlardan ötkazildi.
Kuz-qiş mavsumida taʼminot uzluksizligini taʼminlaş maqsadida filialning markaziy omborida 800 dona maişiy gaz balloni zaxirasi şakllantirilgan.
Şuningdek, xususiy «Sirdaryo Propan GNS» gaz töldiriş stansiyasi imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda. Bu, ayniqsa, Sirdaryo tumani va Baxt şahri aholisini suyultirilgan gaz bilan öz vaqtida taʼminlaşda qöşimça imkoniyat yaratmoqda.
Yangi tizimning afzalligi haqida gap ketganda, uning isteʼmolçilar uçun yaratayotgan qulayliklarini ham alohida taʼkidlaş joiz.
— Uşbu tizim nafaqat soha xodimlari, balki isteʼmolçilar uçun ham juda qulay va işonçli mexanizm bölib xizmat qilmoqda. Aholini suyultirilgan gaz bilan öz vaqtida va uzluksiz taʼminlaş esa bir neçta taşkilotning hamkorlikdagi faoliyatini talab etadi. Şu maqsadda viloyatda gaz taʼminoti jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça işçi guruh taşkil etilgan. Korxona xodimlari aholi ehtiyojidan kelib çiqib, ballonlarni öz vaqtida töldiriş, maxsus transport vositalariga yuklaş va belgilangan yönalişlar böyiça mahallalarga yetkazib beriş işlarini taşkil etmoqda, — deydi «Hududgaz Sirdaryo» filiali Mahalla isteʼmolçilarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş bölimi boşliği Bahodir Abdumalikov.
Uning taʼkidlaşiça, mazkur jarayonda içki işlar organlari xodimlari ham iştirok etib, maxsus transport vositalarining harakatini kuzatiş, xavfsizlik va qonuniylikni taʼminlaş, ballonlarni tarqatiş jarayonida jamoat tartibini saqlaşga kömaklaşmoqda. Qöriqlaş xizmati xodimlari esa gaz taʼminoti vakillari bilan birgalikda ballonlarni mahallalardagi belgilangan manzillarga yetkaziş va isteʼmolçilarga topşiriş jarayonida hamrohlik qilmoqda.
— Bundan közlangan maqsad — gaz ballonlarining belgilangan manzilga yetib borişini taʼminlaş, taqsimot jarayonida tartib va nazoratni kuçaytirişdir. Mahallalarda aholi bilan ham muloqotlar ötkazilib, yangi tizimning işlaş tartibi, yaratilayotgan qulayliklar va taʼminot masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berilmoqda. Isteʼmolçilarning fikr-mulohazalari örganilib, mavjud muammolarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Face ID va «E-gaz» elektron tizimi esa har bir ballonning isteʼmolçiga topşirilişini qayd etib, hisobdorlikni oşiriş va mahsulotning manzilli yetkazib berilişiga xizmat qilmoqda. Asosiy maqsadimiz — aholining gaz taʼminoti bilan boğliq ehtiyojlarini öz vaqtida qondiriş va xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş, — deydi Bahodir Abdumalikov.
Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar gaz taqsimotidagi har bir jarayonni aniq hisobga oliş, masʼuliyatni oşiriş va isteʼmolçi manfaatlarini himoya qilişning samarali vositasiga aylanmoqda. Endilikda yetkazib berilgan har bir ballonning harakati elektron tizimda aks etadi. Bu esa mahsulot taqsimotidagi noaniqliklarni kamaytirib, taʼminot taşkiloti va isteʼmolçi örtasidagi munosabatlarni yanada işonçli qiladi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari