Xorazmda «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablarida 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari o‘tkazildi.
Xiva shahridagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali tadbirda Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Saidov ishtirok etib, davlatimiz rahbarining maktab o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
[gallery-31228]
Tadbirda o‘quvchilar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, yosh avlodga zamonaviy bilim va tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning ahamiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, Shuhrat Saidov maktab kutubxonasiga kitoblar to‘plamini taqdim etdi. Qayd etilganidek, mazkur tashabbus o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
Behzod Saidov (surat), O‘zA