Xorazmda bayram shukuhi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Avesto” bog‘ majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanada so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov voha ahlini qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdi. Viloyatda keyingi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning samaralari haqida so‘z yuritildi.
[gallery-31177]
Poytaxtimizdan tashrif buyurgan hamda viloyat san’at ustalari ishtirokidagi bayram dasturida ozod va obod yurtimiz, xalqimizning bugungi tinch va farovon hayoti, Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat kuy-qo‘shiqlarda tarannum etildi.
Bayram tadbiridagi dronlar shousi va mushakbozlik tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdi.
Behzod SAIDOV (surat), O‘zA