2024 yilda Xorazm viloyati baliqchilari respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p baliq yetishtirishdi. Viloyatda yil davomida 32,9 ming tonna baliq ovlangan. Bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha eng yuqori bo‘lib, jami ovlangan baliqlarning 17,2 foizini tashkil etadi.

Statistik ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilda 191,4 ming tonna baliq ovlangan. Respublikamiz bo‘yicha hududlar bo‘yicha yil davomida ovlangan baliq hajmiga qaralsa, Xorazm viloyati baliqchilari  yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili Andijonda 21,7 ming tonna, Toshkent viloyatida 19 ming 100 tonna baliq yetishtirilgan.  

Xorazmda keyingi yillarda aholining baliq mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tarmoqda yangi texnologiyalarni joriy etish, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, baliqchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xo‘jaliklar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu keyingi uch yilda baliq yetishtirish hajmini uch barobarga oshirdi. Tahlillarga ko‘ra, viloyatda 2017 yilda 9 ming 401 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, bugunga kelib bu ko‘rsatgich 3,2 baravarga oshgan. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmdan 71,8 foizi  fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.

–  Viloyatimizda mingga yaqin baliq yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ular ixtiyorida 12 ming 239 gektar sun’iy suv havzalari mavjud, – deydi Xorazm “Baliqsanoat” uyushmasi rahbari Dilmurod Ollaberganov. – Shuningdek, 5 ming 240 gektar tabiy ko‘llarda ham baliq boqilmoqda. – Viloyatimizda baliqchilikka  ixtisoslashgan  klasterlar tomonidan bugungi kunda mavjud suv havzalarini intensivlashtirish va yangi intensiv texnologiyalarni joriy etish,  baliqlar uchun yuqori sifatli omuxta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish, baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash, inkubatsiya sexlari va reproduktor havzalar barpo etish orqali baliq chavoqlari yetishtirish hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda ishlar tashkil etilmoqda.  

Keyingi yillarda viloyatda, ayniqsa, intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2022 yil 13 yanvardagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.  

Intensiv usulning muhim yo‘nalishlaridan biri qafas usulida baliq yetishtirish bo‘lib, turli o‘lchamdagi qafaslar suv havzalariga o‘rnatilib, baliq yetishtirish ishlari tashkil etilmoqda.

Xususan, viloyatdagi “Bakra akva tech” MCHJ tomonidan 34 ta okeanik qafas moslamalarida baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.  

[gallery-21758]

Tumanlar  miqyosida olib qaralganda 2024 yilda ham viloyatdagi eng ko‘p baliq Yangiariq tumanida yetishtirilgan bo‘lib, 9 ming 799 tonnani tashkil qildi. Shuningdek, Xiva tumani ham bu borada yetakchilik qilib, ushbu tumanda o‘tgan yili 6 ming tonnaga yaqin halol luqma yetishtirilgan.  

–  Ikki ming gektarga yaqin suv havzasida baliq yetishtirmoqdamiz, – deydi “Xorazm baliq klaster” MCHJ baliqshunosi Davlatnazar Qalandarov. –O‘tgan yili yetti ming tonnaga yaqin mahsulot oldik.  Bir ming uch yuz gektardan ortiq havzamizda tovar, 500 gektarga yaqin joyda chavoq baliq  mahsulotlarini yetishtirdik. 50 gektarda ona baliqlar bilan  naslchilik ishlarini olib boramiz. O‘zimizda inkubatsiya seximiz mavjud. Bu yerda yiliga 70-80 million dona baliq lichenkasi ishlab chiqarilib, yarmi o‘zimizda baliq yetishtirish uchun olib qolinadi. Qolgani qo‘shni fermer xo‘jaliklariga o‘stirish uchun beriladi. Hozirgi kunda karp va sazan baliqlarini bir kilogramm, oq do‘ngpeshona, chipor do‘ngpeshona  amur baliqlarini 1,5-2 kilogramm  atrofidagi vazngacha o‘stiramiz.  

Hududda baliq ozuqasini mustahkamlash maqsadida yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonna bo‘lgan omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilmoqda. Bu loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Joriy yilda ham bu yo‘nalishdagi ishlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, zarur ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida viloyat aholisi nisbatan arzon hamda sifatli baliq mahsuloti bilan ta’minlanadi.

Intensiv usulning muhim yo‘nalishlaridan biri qafas usulida baliq yetishtirish bo‘lib, viloyatda turli o‘lchamdagi qafaslar suv havzalariga o‘rnatilib, baliq yetishtirish ishlari tashkil etilmoqda. Xususan, “Bakra akva tech” MCHJ tomonidan 34 ta okeanik qafas moslamalarida baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.  

Tadbirkor Bahrom Ataboyev Qo‘shko‘pir tumanidagi  100 gektarlik dala maydonida baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Ahamiyatlisi, uning sohadagi uzoq yillik tajribasi baliqning osyotr turini Xorazm iqlim sharoitida parvarishlashga imkon berdi.

–  Osyotrni parvarishlashda intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi o‘z samarasini bermoqda, – deydi “Ummon baliq” fermer xo‘jaligi rahbari Bahrom Ataboyev. – Sovuq harorat va sovuq suvda o‘ziga xos parvarishlash talab qilinadi.  Ya’ni baliqni parvarishlashda suvga me’yorida qislorod yuborish, ozuqasini o‘z vaqtida me’yorida berish kerak.  Bu jarayon ishchi kuchi talab qilmasdan zamonaviy texnologiya yordamida amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, yiliga 80 tonna baliq ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Natijada xo‘jalikning yillik savdo aylanmasi hajmi 15 milliard so‘mni tashkil etadi. Bunda ishning ko‘zini biladigan tadbirkor yiliga 1 tonna qora ikra, 50 tonna osyotr balig‘ini yetishtirishni maqsad qilgan. Bu esa o‘z navbatida xorijdan olib kelinadigan bu turdagi mahsulot mahalliylashtirilib, ichki bozorga hamyonbop narxlarda yo‘naltirilishiga xizmat qiladi.  

Muxtasar aytganda,  baliq salomatlik uchun  eng zarur mahsulot sifatida tan olinadi. Xorazmda  bu borada olib borilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va fuqarolarning bandligini ta’minlashga  erishilmoqda.  

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm baliq yetishtirish bo‘yicha mamlakatda birinchi