Xonqa tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Matyaqubov Akmal” fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan amaliy seminar o‘tkazildi.
Fermer xo‘jaligining 34 gektardan ortiq maydonida parvarishlangan bug‘doy pishib yetildi va hosilni yig‘ib olish ishlariga kirishildi.
[gallery-29763]
Seminarda g‘alla hosilini qisqa muddatlarda va nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda tumanda 3,5 ming gektardan ortiq maydonda g‘alla yetishtirilgan. Ayni paytda barcha hududlarda o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Behzod SAIDOV (surat va video), O‘zA