XXR Lyaoning provinsiyasida yirik xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. Mazkur an’anaviy iqtisodiy forumda ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etyapti.

Bugungi kunda Xitoy iqtisodiy taraqqiyotini butun dunyo tan olayotgani sir emas. Lyaoning muzofoti esa ushbu ko‘lamdor rivojlanish jarayoni lokomotivi sifatida e’tirof etiladi. Sababi, Chin mamlakatining asosiy va eng yirik ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot majmualari aynan shu hududda joylashgan. Barcha nou-xaular, istiqbolli taklif va tashabbuslar, kreativ yondashuvlar shu yerdan boshlanadi. Demakki, ushbu provinsiya har yili an’anaviy global iqtisodiy forumga xaqli ravishda mezbonlik qiladi. Anjumaning rasmiy ochilish marosimida tashkilotchilar va ishtirokchi davlatlar vakolatli mutasaddilari o‘z yurtlaridagi sarmoyaviy muhit, sanoat, turizm salohiyatiga oid taqdimotlarini namoyish qilishdi. Shundan so‘ng ko‘plab mahalliy va horijiy biznes vakillari o‘rtasida avval erishilgan hamkorlik shartnomalarini Xitoy xususiyatiga muvofiq ravishda ramziy imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston ayvonida hozircha milliy hunarmandlik mahsulotlari namoyish etilmoqda. Tadbirkorlarimiz bir necha hafta davom etadigan ko‘rgazma mobaynida o‘z takliflarini kengaytirib borishlarini ma’lum qilishdi. Albatta bunda bizga qiziqish bildirayotgan hamkorlar talab va istaklari inobatga olinadi.

- Xitoyda O‘zbekistonni yaxshi bilishadi, - deydi XXR xalqaro savdo korxonasi direktori Tya Shu Sze. - Hamkorlik o‘rnatish yoki mavjud aloqalarni kengaytirishga intilish kuchli. Darvoqe, bu yerdagi jahonga mashxur, aqlli tibbiy texnologiya ishlab chiqarishga ixtososlashgan kompaniya Markaziy Osiyo hududida aynan O‘zbekiston bilan sherik. Toshkentda yirik sho‘’ba markazi faoliyat olib boradi. Bunday misollar ko‘p. Ko‘rgazma tafsilotiga qaytamiz. Bu yil tashkilotchilar nomdor kompaniyalar qatori, endigina xalqaro bozorga chiqayotgan istiqbolli biznes vakillariga ham o‘z salohiyatini ko‘rsatishi uchun keng imkon yaratdi. Shuning hisobiga forum ishtirokchilari soni sezilarli darajala ortib, yuzdan ziyod davlat, mingga yaqin katta-kichik biznes sub’ektlari qatnashmoqda. Bu haqda dunyoning, deyarli, barcha nuqtalaridan kelgan jurnalistlar uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Mirhabib Sayfullayev, O‘zA muxbiri

Lyaoning, Xitoy

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda an’anaviy global savdo-sanoat ko‘rgazmasi ochildi