Xitoy Isroilni G‘arbiy sohildagi aholi manzillari qurilishini to‘xtatishga chaqirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Ozarbayjonda o‘tgan uchrashuvda Isroil Prezidenti Isxak Gersogga Iordan daryosi G‘arbiy sohilida aholi manzillarini majburiy barpo etish siyosati to‘xtatilishi va bekor qilinishi kerakligini aytdi.
Bu haqda XXR TIVning juma kungi rasmiy bayonotiga tayanib “Reuters” xabar bergan. Chin tomoni ta’kidlashicha, Pekin Falastin muammosini asrning eng katta tarixiy adolatsizligi sifatida baholaydi.
Mulozim Xitoyning Yaqin Sharqdagi siyosati zamirida tinchlik va yarashuvni ilgari surish maqsadi yotishini bildirib, nizoni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li “ikki davlat” tamoyili ekanini aytib o‘tdi. Inqiroz kengayishining oldini olish uchun hozirgi eng muhim vazifa G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini to‘liq va to‘siqsiz kiritishdir.
Shuningdek, Pekin barcha tomonlarni imkon qadar tezroq muloqot va maslahatlashuvga qaytarish hamda mojaroning siyosiy yechimini topish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA