Xayrli taşabbus
Yozyovon tumanida aholi turmuş farovonligini oşiriş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş hamda ular uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş borasida ezgu işlar izçil amalga oşirilmoqda
Tuman hokimligi, prokuraturasi hamda harbiy prokuratura rahbarligida olib borilgan xayrli taşabbuslar doirasida “Yuqori soyböyi” mahalla fuqarolar yiğinidagi “Taraqqiyot” köçasida istiqomat qiluvçi, sobiq harbiy xizmatçi, közi ojiz Yusufjon Nazarov oilasi uçun haşar yöli bilan zamonaviy turar joy bunyod etildi.

Uşbu xayrli işni amalga oşiriş uçun 250 million sömdan ortiq homiylik mablağlari yönaltirildi. Uşbu uy-joy barça zamonaviy qulayliklarga ega bölgan holda qurildi. Quriliş jarayonlarida oilaning munosib hayot keçirişi, qulay şaroitlariga ega bölişiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda zamonaviy talablar asosida barpo etilgan mazkur uy töliq bitkazildi. Uni foydalanişga topşiriş marosimida Farğona harbiy prokuraturasi, tuman hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari hamda mahalla faollari iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar xonadon egalarini muborakbod etişib, uyni bunyod etişda qatnaşganlarga öz minnatdorliklarini bildirişdi.
Turob Niyozov, ÖzA