Inson qadrini uluğlaş va munosib mehnat şaroitlarini yaratiş boş mezonga aylandi
Poytaxtimizdagi «Çinobod plaza» sanatoriysining Majlislar zalida 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi. Unda kasaba uyuşmalari tizimida amalga oşirilgan ijtimoiy loyihalar, körik-tanlovlar va turli taşabbuslar ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi rahbariyati, hududiy va tarmoq kengaşlari vakillari, tizim taşkilotlari mutasaddilari, mamlakatimizning turli hududlaridan taşrif buyurgan kasaba uyuşma faollari, mehnat faxriylari hamda tanlov ğoliblari iştirok etdilar.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov tadbir iştirokçilarini bayram bilan tabriklab, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, mehnatkaşlar uçun munosib şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning ahamiyati xususida söz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi mamlakatimizdagi eng yirik jamoat taşkilotlaridan biri sifatida millionlab mehnatkaşlarni birlaştirib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalaş yölida izçil faoliyat olib bormoqda. Bu esa tizim zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Davlatimiz rahbarining «Kuçli kasaba uyuşmalari – kuçli jamiyat asosidir!» degan hayotiy tamoyili bugungi faoliyatning muhim mezoniga aylangan. Zero, kuçli kasaba uyuşmalari, avvalo, boşlanğiç taşkilotlardan boşlanadi. Aynan şu quyi böğin xodimlar bilan bevosita muloqotda bölib, ularning muammo va ehtiyojlarini örganadi, qonuniy manfaatlarini himoya qiladi hamda mehnat jamoalarida ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
[gallery-32443]
Bugun Yangi Özbekistonning yangi kasaba uyuşmalari ijtimoiy şeriklik va oçiq muloqot tamoyillari asosida mehnatkaşlarning huquqlarini himoya qiliş bilan birga, aholi farovonligini oşiriş, bandlikni taʼminlaş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va ijtimoiy himoyani kuçaytirişga ham munosib hissa qöşmoqda. Davlat, kasaba uyuşmalari va iş beruvçilar örtasidagi ijtimoiy şeriklik munosabatlarining yangi bosqiçga kötarilgani bu boradagi hamkorlik samarasining yaqqol ifodasidir.
Federatsiyaning mehnat huquqlarini himoyalaşdagi faoliyati ham salmoqli natijalarga asoslangan. Xodimlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklaş, iş joyiga qayta tiklaş, iş haqi va boşqa tölovlarni undirib beriş, mehnat muhofazasiga oid kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Şuningdek, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş va gender tengligini taʼminlaşga oid tadbirlar ham izçil davom ettirilmoqda.
Ijtimoiy himoya, aholi salomatligini mustahkamlaş va oilaviy farovonlikni qöllab-quvvatlaş ham kasaba uyuşmalari faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir. Xususan, sanatoriylarda mehnatkaşlar va ularning oila aʼzolarini soğlomlaştiriş, keksalar va mehnat faxriylariga ğamxörlik körsatiş, bolalarning mazmunli dam olişini taşkil etiş, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyuştirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, «Ayollar daftari» bilan işlaş doirasida xotin-qizlarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini örganilib, ularga amaliy kömak berilmoqda. Opa-singillarimizning bandligi taʼminlanib, ijtimoiy qöllab-quvvatlanmoqda. Bu jarayonda kasaba uyuşmalari davlat idoralari va aholi örtasida işonçli ijtimoiy hamkor sifatida faol iştirok etmoqda.
Tadbirda mehnat sohasidagi muhim islohotlar, jumladan, majburiy mehnatga barham beriş, paxtaçilik tizimini tubdan yangilaş yuzasidan erişilgan natijalar ham alohida eʼtirof etildi. Şu bilan birga, kasaba uyuşmalari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş, boşlanğiç taşkilotlar salohiyatini mustahkamlaş, quyi böğin rahbarlarining bilim va malakasini yuksaltiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Bayram tadbirining eng eʼtiborli va quvonçli lahzalari mehnatda fidoyilik, taşabbuskorlik va yuksak natijalar körsatayotgan insonlarni taqdirlaş marosimi bilan boğliq böldi.
Xususan, soğliqni saqlaş, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirişga, kasaba uyuşmalari harakati nufuzini yuksaltirişga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizga «Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati» mukofoti topşirildi. Uşbu yuksak eʼtirofga milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qöşgan, Özbekiston xalq yozuvçisi, atoqli adib va jamoat arbobi marhum Odil Yoqubov hamda mehnati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bölgan boşqa yurtdoşlarimiz ham loyiq körildilar.
Şuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va mehnatkaşlar manfaatlarini himoya qiliş yölida faollik körsatayotgan bir guruh fidoyi insonlar Federatsiyaning «Ehtirom» nişoni hamda «Faxriy yorliği» bilan taqdirlandilar.
Sanatoriylar faoliyatini rivojlantiriş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va dam oluvçilar uçun qulay şaroitlar yaratişga hissa qöşayotgan xodimlar «Eng yaxşi sanatoriy», «Eng yaxşi şifokor», «Eng yaxşi hamşira», «Eng yaxşi supervayzer», «Eng yaxşi boş oşpaz» va «Eng yaxşi madaniyat tarğibotçisi» nominatsiyalari böyiça taqdirlandilar.
Bunyodkorlik sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislar ham eʼtibordan çetda qolmadi. «Eng yaxşi texnik nazoratçi», «Eng yaxşi muhandis», «Eng yaxşi loyihaçi», «Yaşil makon fidoyisi», «Eng yaxşi quruvçi», «Eng yaxşi quriliş taşkiloti rahbari», «Eng namunali quriliş xodimi» va «Eng yaxşi dizayner» nominatsiyalari ğoliblari munosib rağbatlantirildi.
Sport yönalişida xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erişgan sportçilar hamda ularni tayyorlagan murabbiylar «Eng yaxşi sportçi» va «Eng yaxşi murabbiy» nominatsiyalari böyiça taqdirlandilar.
Şuningdek, mehnat muhofazasi va xavfsizligi böyiça jamoatçilik nazoratini taşkil etiş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş, mehnat huquqlari borasida bilim va tajribasi bilan namuna körsatişga qaratilgan respublika körik-tanlovlari ğoliblari ham eʼtirof etildi.
Bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari örtasidagi tanlovda eng yaxşi oromgohlar, tarbiyaçilar, yetakçilar va tögarak rahbarlari taqdirlandi. Taʼlim, jurnalistika va kasaba uyuşmalari faoliyatida alohida taşabbus körsatgan yurtdoşlarimiz ham munosib rağbatlantirildi.
«Kasaba işonçi» onlayn tanlovi doirasida esa faol ayol raisalar, namunali hududiy va tarmoq kengaşlari, boşlanğiç kasaba uyuşmalari, tarğibotçilar hamda kasaba uyuşmalari harakati fidoyilari taqdirlandilar. Barça ğoliblarga Federatsiya diplomlari va esdalik sovğalari topşirildi.
Bayram tadbiri doirasida iştirokçilar uçun Kasaba uyuşmalari saroyida Mahmudxöja Behbudiy asari asosida zamonaviy talqinda sahnalaştirilgan «Padarkuş» spektakli ham namoyiş etildi.
Bayram munosabati bilan ötkazilgan uşbu tantana mehnatkaşlar manfaatlari yölida fidokorona mehnat qilayotgan insonlarga yuksak ehtirom ifodasi böldi.
Nazokat Usmonova,
Nosirjon Haydarov (surat),
ÖzA muxbirlari