Gender tenglikni taʼminlaşga qaratilgan taşabbuslar baholandi
Teng imkoniyat – taraqqiyot, faol ayol – jamiyat tayançi. Xotin-qizlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, turli sohalardagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan taşabbuslar Sirdaryoda, viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasida ötkazilgan «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining viloyat bosqiçida baholandi.
Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan taşkil etilgan tanlovda beşta viloyat taşkiloti, şuningdek, tuman va şaharlardagi 22 ta muassasa hamda taşkilot öz loyihalari bilan iştirok etdi. Taqdimotlarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, rahbarlik lavozimlarida ayollar uluşini köpaytiriş, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, raqamli savodxonlikni yuksaltiriş, mehnat munosabatlarida teng imkoniyatlarni taʼminlaş kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
[gallery-32762]
Iştirokçilarning taqdimotlari, videolavhalari va boşqa hujjatlari hakamlar hayʼati tomonidan sakkizta mezon asosida baholandi. Jumladan, «Xovos ovozi» gazetasi boş muharriri Anorboy Qahhorov, Nasiba Xudoyqulova, Nurjamol Çöyanova, Elmira Bekbergenova va Nargiza Pirimqulova öz taşkilotlarida gender tenglikni taʼminlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, xodimlar malakasini oşiriş va xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritdilar. Boyovut tumanidagi 11-oilaviy poliklinika boş hamşirasi Şoira Vahobova, Yoşlar işlari agentligining Guliston tumani bölimi mutaxassisi Naima Abdullayeva hamda boşqa iştirokçilar ham öz taşabbus va loyihalarini hakamlar eʼtiboriga havola etdilar.
– Ötgan yili tanlovning viloyat bosqiçida beşta taşkilot turli nominatsiyalar böyiça ğolib deb topilgan edi. Bu yil ham iştirokçilarning jamiyatda tenglik va adolat tamoyillarini qaror toptiriş, xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi faolligini oşirişga qaratilgan taşabbuslari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Ğoliblar nomi yaqin kunlarda eʼlon qilinadi, – deydi Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boş mutaxassisi Başorat Abduvohidova.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA