Kecha, dam olish kuni ertalabdan poytaxtimizdagi «Xalqlar do‘stligi» maydoni sport, aniqrog‘i yugurish va velosport ishqibozlari bilan gavjum bo‘ldi. Bu yerda sportning duatlon yo‘nalishi bo‘yicha professionallar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu musobaqa mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘libgina qolmasdan, «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta’minlashga ham xizmat qilishini alohida e’tirof etishdi.

Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchta yosh toifasida tashkil etildi: o‘smirlar, ya’ni 14-17 yosh, 18-23 yosh hamda kattalar, ya’ni 24 yosh va undan yuqori yoshdagi sportchilar.

Ishtirokchilar quyidagi masofalarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi:

• Birinchi bosqich, yugurish – 5 km.

• Ikkinchi bosqich, velosipedda poyga – 20 km.

• Uchinchi bosqich, yugurish – 2,5 km.

Musobaqada mamlakatimizning turli mintaqalari, jumladan Xorazm, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari, shuningdek, Samarqand, Namangan, Andijon va Qarshi shaharlaridan jami 88 nafar eng kuchli, ya’ni professional duatlonchilar O‘zbekiston chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘lish uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa g‘oliblari:

Erkaklar:

1. Aleksandr Reshetnikov (vaqti – 59:34)

2. Arslon Tursunov (59:43)

3. Kamron Xo‘jayev (1:00:11)

Ayollar:

1. Alina Hakimova (1:09:02)

2. Yekaterina Ryazanova (1:12:14)

3. Arina Mirzabekova (1:25:25)

Yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar:

O‘smirlar (14-17 yosh)

1. Roman Kariyev

2. Danila Sichev

3. Diyorbek Komiljonov

Qizlar:

1. Arina Mirzabekova

2. Sevara Boboqulova

3. Malika Toshpo‘latova

O‘spirinlar (18-19 yosh)

1. Arslon Tursunov

2. Kamron Xo‘jayev

3. Qobiljon Muhammedov

Qizlar:

1. Yekaterina Ryazanova

2. Malika Hoshimova

3. Zulayxon Jumaboyeva

U-23 (20-23 yosh)

Erkaklar:

1. Aleksandr Reshetnikov

2. Umid Alimov

3. Muhammadaziz Tursunboyev

Ayollar:

1. Alina Hakimova

2. Oydina Ikromova

3. Gulnora Ahmedova

Elite (23 yoshdan kattalar)

1.Doniyorxo‘ja Hamroyev

2. Dmitriy Zaysev

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining birinchi o‘rin bosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xalqlar do‘stligi» maydoni professional duatlonchilarga start va finish vazifasini bajardi