Bugun mamlakatimizda ko‘plab korxona va tashkilotlar xalqaro standartlar asosidagi sifat menejmenti tizimining sertifikatiga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Bu sifat sohasida barqaror ko‘rsatkichlarga erishish, xodimlar malakasini yuqori darajada saqlash, raqobatbardosh, eksportbop mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishga yordam berayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyulda qabul qilingan «Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2009-yil 19-iyundagi «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari sifat menejmenti tizimini barcha hududlarda keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Bularning barchasi sifat menejmenti tizimini joriy qilgan korxonalarda ishlab chiqarish sur’atini oshirishga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tizimdan foydalanayotgan korxona va tashkilotlar yuqori natijalarga erishmoqda. Zero, bu tizim korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarishda biznes jarayonlarini yaxshilash, moddiy xarajatlarni kamaytirish, o‘z mahsulotini sotish bozorlarini kengaytirish imkonini bermoqda. 

– Korxonamiz 2008-yilda ISO 9001 standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi, – deydi «Zenith Electronics» qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Habibulla Ro‘ziyev. – Televizor, kir yuvish mashinasi va konditsionerlar ishlab chiqarilayotgan korxonamiz Mahalliylashtirish dasturida ishtirok etmoqda. Ayni paytda tayyorlanayotgan kir yuvish mashinalarining 39, konditsionerlarning 37, televizorlarning 35 foizi mahalliylashtirildi. Bundan tashqari, korxona kir yuvish mashinalari va butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha xorij bozoriga chiqdi.

Sifat menejmenti tizimini joriy qilgan korxonalar vakillari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga qator omillar yordamida erishilayotganini ta’kidladi. Masalan, sifat menejmenti tizimi loyihalarini amalga oshirishda vazifalarni bajarish uchun javobgarlik taqsimlanib, bo‘limlar to‘g‘risidagi qoidalar, lavozim va ish yo‘riqnomalari qayta ko‘rib chiqilmoqda, bajarilgan ishlar sifati to‘g‘risida hisobot yuritilmoqda. Ushbu tizim doirasida muntazam yangi g‘oyalar ishlab chiqilib, joriy etilmoqda. 

Bugungi kunda korxonalar uchun sifat menejmenti tizimi nafaqat samarali ishlab chiqarishga erishish vositasi, balki o‘ziga xos muvaffaqiyat ko‘rsatkichidir. Ushbu tizimning muvofiqlik sertifikati korxona mijozlari va yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga yordam bermoqda. Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan korxonaga mamlakatimizning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan muayyan imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilinmoqda. Jumladan, bunday korxonalar uchun daromad solig‘i sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar miqdorigacha kamaytiriladi. 

«Kaydzen» («Tejamkor ishlab chiqarish») tizimining joriy etilishi mamlakatimiz korxonalarida sifatni boshqarishning zamonaviy tizimi va ishlab chiqarishni boshqarishning samarali usullarini o‘zlashtirishda muhim qadam bo‘ldi. 

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashish» loyihasi bilan hamkorlikda 2009-yilning oktabr oyidan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaqt davomida tashkil etilgan seminarlarda mamlakatimiz sanoat korxonalarining yuzdan ziyod vakili qatnashdi, 13 korxonada tejamkor ishlab chiqarish prinsiplari joriy etildi. 

«Kaydzen» ishlab chiqarishni boshqarish konsepsiyasi Yaponiyaning «Toyota» kompaniyasida yaratilgan va 60-yildan ko‘proq vaqt davomida qo‘llanib kelmoqda. Mazkur tizimning asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonini muntazam yaxshilash va yo‘qotishlarga barham berishdir. Uning joriy etilishi mehnat unumdorligini yuksaltirish, kam mablag‘ sarflagan holda mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish imkonini beradi. Ushbu tizim ishga nisbatan yondashuvni o‘zgartirishga qaratilgani bois innovatsiyalardan farqli o‘laroq ko‘p mablag‘ sarflashni talab qilmaydi. 

«Kaydzen» tatbiq etilgan korxonalar yaxshi natijalarga erishmoqda. Xususan, «Keng Makon» mebel fabrikasida ishlab chiqarish hajmi 10, eksport hajmi 2-3 barobar oshdi. Bu ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarish jarayonini chuqur tahlil qilish va yo‘qotishlarni bartaraf etish, ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirish orqali erishilmoqda. Ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish fabrikada ish prinsipini o‘zgartirishga doir yondashuvlardan biridir. Bu borada «takliflar qutisi» tashkil etilib, korxonani rivojlantirishga yordam beradigan samarali g‘oya uchun mukofotlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ishchi-xodimlar tashabbusi bilan bo‘yashning yangi usullari o‘zlashtirilgan, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan jarayon 4-marta qisqardi. 

«Kaydzen» tizimi asosida boshqaruvning yangi yondashuvlari ham o‘zlashtirilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida tizimni yana bir qancha ishlab chiqarish korxonalariga xalqaro ekspertlarni jalb qilish orqali tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Sifat menejmenti tizimi bilan ko‘proq korxonalarni qamrab olish ishlari davom ettirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz rahbariyatining yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorda korxonalarning raqobatbardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha talablariga javob beradi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro standartlar – korxonalar xizmatida