37-Xalqaro informatika olimpiadasi joriy yilning 27 iyulidan 3 avgustiga qadar Boliviyaning Sukre shahrida o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ushbu yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib qatnashib, tarixiy natijaga erishdi.  

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Asilbek Sunnatov kumush medalga, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ulug‘bek Rahmatullayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Mazkur natija orqali terma jamoamiz o‘z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning eng nufuzli maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan intellektual musobaqalardan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni ishlash, dasturiy yechimlar yaratish ko‘nikmalarini namoyish etadilar.

Aytish kerakki, 2024 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida terma jamoamiz vakillari 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

N.Usmonova, O‘zA  muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro informatika olimpiadasi – 2025: Terma jamoamiz a’zolaridan yana bir tarixiy natija