Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Migratsiya agentligining Navoiy hududiy filiali rahbari Ismat Boltayev hamda viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Qalandarov Rossiya Federatsiyasidagi “KAMAZ” OAJ delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida fuqarolarni “KAMAZ” OAJ tarkibidagi korxonalarga xavfsiz, tartibli va tashkiliy ravishda ishga yuborish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqilib, kasbiy ta’lim tizimida texnikumlar bilan hamkorlikda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Xatirchi tumanida xalqaro avtomobilsozlik maktabini tashkil etish orqali zamonaviy talablar asosida kasb-hunarga o‘qitish hamda Rossiya Federatsiyasida qabul qilinadigan guvohnoma berish, “KAMAZ” OAJ ehtiyojlariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari belgilab olindi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri