Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev Xitoyning “Fujian Xinwancheng Investment” MCHJ xorijiy korxonasi rahbari Huang Biao bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Nurota tumanida granitni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish, ayni paytda loyiha doirasida korxonaga ajratilgan kon maydonida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Loyiha doirasida kelgusida granit xomashyosini qazib olish, chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda hududning eksport salohiyatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri