Xalqaro dayjest (+video)
-
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qatarga yangi hujum uyushtirish bilan tahdid qildi. U Doha rasmiylaridan harakat vakillarini quvib chiqarishni talab qilmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. Qatar Tashqi ishlar vazirligi ushbu bayonotni keskin tanqid qilgan va uni davlat suverenitetini buzishga urinish sifatida baholagan.
Isroil 10 sentyabr kuni Yaman poytaxti Sana va Al-Jauf gubernatorligiga havodan zarba berdi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. Ushbu hodisa HAMASning Qatar poytaxti Dohadagi ofisiga qilingan hujumidan 1 kun o‘tib sodir bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 130 dan ortiq fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
“Tolibon”ning kon va neft vaziri Hidoyatulloh Badriyni olib ketayotgan vertolyot G‘ur viloyatida qulab tushdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi. Vazirdan tashqari vertolyotda viloyat hokimi Hayatulloh Muborak va bir nechta rasmiy bo‘lgan. Ular konlarni ko‘zdan kechirish uchun yo‘lga chiqqan. Aviahodisa oqibatida mulozimlar omon qolgan. “Tolibon” Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Tulak tumaniga yo‘l olgan vertolyot texnik nosozlik tufayli tog‘ga urilgan.
Qatar bosh vaziri CNN telekanaliga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni keskin tanqid qilib, Isroilning Dohadagi HAMAS yetakchilariga hujumini “vahshiylik” deb atadi.
“Biz madaniyatli odamlar bilan muloqot qilayapmiz, deb o‘ylagandik. Chunki biz boshqalar bilan shunday munosabatda bo‘lamiz. (Netanyahu) qilgan ishni esa men ta’riflay olmayman, lekin bu vahshiyona harakat”, dedi Qatar bosh vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sud 3 yoshli qizaloqni zo‘rlab, vahshiylarcha o‘ldirgan erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi. Sudya bu jinoyatni “eng kam uchraydigan vahshiy holatlardan biri” deb atamoqda. Bu haqada The Independent xabar berdi.
35 yoshli Sunil Kumar Nishad 2025 yil iyun oyida Banda shaharchasida hibsga olingan. Erkak o‘sha oyning boshlarida 3 yoshli qizchani zo‘rlab, bir quti ichida o‘rmonga tashlab ketgan. Qizaloq olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli 12 iyun kuni shifoxonada vafot etgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/H5f82aZtsfM" title="Hindistonda 3 yoshli qizchani zo‘rlab o‘ldirgan erkak o‘limga hukm qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Iroda Jo‘rayeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA