AOKAda AT «Xalq banki« tomonidan «Xalq bankida raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, yangi imkoniyatlar, erishilgan natijalar« mavzuida brifing boʻlib oʻtdi.
Unda bank axborot xizmati rahbari, boshqaruv raisining axborot siyosati maslahatchisi Gulnoza Alimova quyidagilar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan,Xalq banki markaziy apparatida “Emissiya markazi” tashkil etildi. Endilikda Xalq banki kartalari markazlashgan holda emissiya qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri hududlardagi BXMlarga yetkazilmoqda.
Joriy yildan Xalq banki respublikamizdagi banklar orasida birinchilardan boʻlib talabalarga “taʼlim kredit”ini “onlayn” ajratishni yoʻlga qoʻydi. Natijada, 2024-yilning 1-dekabrdan 10 mingdan ortiq talabalarga 145 milliard soʻmga yaqin onlayn kredit ajratildi.
Kichik va oʻrta biznes mijozlarini kreditlash uchun “Kredit konveyer” dasturi ishga tushirildi. Dastur orqali 4 mingga yaqin loyihalarga 962.4 milliard soʻmlik kredit ajratish boʻyicha ruxsat berildi.
Boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar xususida ham brifing davomida toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, Xalq banki yangi yilda ham raqamlashtirish yoʻnalishidagi oʻzgarishlarni amalga oshirib, mijozlarga innovatsion xizmatlarni joriy qilishda davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA