Xabi Alonso «Chelsi»ga Martin Subimendini olib kelmoqchi
Subimendining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi «Chelsi»ning transfer ro‘yxatidan joy oldi.
Transfer News Live jurnalist Saymon Fillips ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli ispaniyalik futbolchini London klubiga olib kelishni bosh murabbiy Xabi Alonsoning o‘zi istamoqda.
Manbaga ko‘ra, Alonso klub rahbariyatiga hamyurti bo‘lgan Subimendini jamoaga taklif qilish niyatini bildirgan. Biroq hozircha ushbu transferning amalga oshish ehtimoli juda past baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Martin Subimendi o‘tgan yozda «Real Sosyedad»dan 65 million yevro evaziga «Arsenal» safiga qo‘shilgan edi.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsum «kanonirlar»ning Angliya Premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynadi.
Subimendining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.