Rasman: "Real" 19 yoshli vinger Yan Diomande transferini e'lon qildi
Bu haqda "qaymoqranglilar"ning rasmiy saytida xabar berildi.
"RB Leyptsig" vingeri Yan Diomande yangi mavsumdan e'tiboran Madridning "Real" klubi sharafini himoya qiladi.
Bu haqda "qaymoqranglilar"ning rasmiy saytida xabar berildi. 19 yoshli futbolchi bilan 2033-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolandi.
Avvalroq OAVda ushbu bitim summasi bonuslarni hisobga olgan holda 120 million yevrodan oshishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Diomande 2025-yildan buyon Germaniya jamoasi safida to'p surib kelayotgan edi. Ushbu yozda u Kot-d'Ivuar terma jamoasi tarkibida JCh-2026 turnirida ishtirok etib, nimchorak final bosqichigacha yetib bordi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsum 1-turida "Real" safarda "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22-avgust kuni bo'lib o'tadi.