“World Tribune Pakistan”da dunyo yosh parlamentariylarining Samarqand global konferensiyasi haqida yozildi
Pokistonning “World Tribune Pakistan” nashrida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasiga bag‘ishlangan material e’lon qilindi.
Unda joriy yilning 4 - 6-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Murakkab davrda barcha uchun shaxsiy huquq, adolat va qadr-qimmatni tiklash” mavzusida Parlamentlararo ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.
Nashrga ko‘ra, nufuzli anjumanda 183 mamlakat vakillari, 15 xalqaro tashkilot, 50 nafarga yaqin doimiy kuzatuvchi hamda 300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Konferensiya doirasida bugungi kunda yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiya doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikning o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
N.Abduraimova,
O‘zA