Ma’lumki, internet tarmoqlarida vikipediya ko‘p tilli, erkin, internet ensiklopediyasi hisoblanib, u ko‘ngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik asosida yuritiladi.

Vikipediya bugunga kelib, eng katta va eng ko‘p murojaat qilinadigan ma’lumotlar manbasiga aylangan. Ma’lumot joylashning afzalliklaridan biri axborotning barcha tillarga ulanishidir. Bu borada “WikiStipendiya” loyihasi samarali ko‘mak beradi. Shunga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining “WikiStipendiya” loyihasi jamoasi tomonidan “Vodiy oyligi” doirasida vikipediyaga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, “Vodiy oyligi” – vikipediya maqolalarini tahrirlash hamda ensiklopedik ahamiyatga ega bo‘lgan mavzularda yangi maqolalar yaratishga qaratilgan loyiha bo‘lib, iyun oyida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatiga oid ma’lumotlar kiritilishi belgilangan. Ushbu oylikda eng yaxshi natijaga erishgan foydalanuvchi 10 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin egasi 5 million so‘m hamda uchinchi o‘rindagi ishtirokchi esa 3 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin.

“WikiStipendiya” loyihasi jamoasi dastlab Namangan davlat universitetida, undan so‘ng “Wiki-tur” a’zolari Davlatobod tumanida joylashgan, 70 ming kitob saqlanadigan kutubxonada va Namangan shahridagi Prezident maktabida vikipediyaga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashdi. Unda yoshlarga vikipediya haqida tushunchalar berildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“WikiStipendiya” loyihasining eng yaxshi foydalanuvchisini 10 million so‘m pul mukofoti kutmoqda