Viloyat hokimi xorijdagi navoiylik yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan navoiylik yoşlar bilan onlayn muloqot ötkazdi.
Erkin, rasmiyatçilikdan xoli va samimiy ruhda keçgan suhbatda Amerika Qöşma Ştatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Xitoy, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya kabi dunyoning 10 dan ortiq davlatidan 70 nafarga yaqin navoiylik yoşlar iştirok etdi.

Muloqot davomida xorijda tahsil olayotgan yoşlar taʼlim jarayoni, erişgan yutuqlari va xalqaro tajribalari haqida söz yuritdilar. Mehnat faoliyatini xorijda olib borayotgan yoşlar esa iş va yaşaş şaroitlari, mavjud imkoniyatlar hamda duç kelayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Şuningdek, yoşlar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijda orttirilayotgan bilim va tajribani yurt taraqqiyotiga yönaltiriş, özaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça öz taklif va taşabbuslarini ilgari surdilar.

Viloyat hokimi yoşlarning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglab, ular bilan oçiq va samimiy suhbatlaşdi. Bildirilgan murojaatlar hamda kötarilgan masalalarni örganiş, zarur hollarda amaliy yordam körsatiş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Şu bilan birga, xorijdagi navoiylik yoşlar bilan 24/7 formatida doimiy aloqada bölib turiş, ularning murojaatlari, taklif va taşabbuslarini tezkor qabul qiliş hamda zarur kömak körsatiş imkonini beradigan maxsus dastur işlab çiqiş vazifasi ham masʼullar oldiga qöyildi. Bu orqali har bir yoş qayerda bölişidan qatʼi nazar, öz yurti bilan doimiy aloqada bölişi va zarur masalalarda murojaat qilişi mumkin böladi.
Muloqotda xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan navoiylik yoşlarning bilim va salohiyatidan viloyat rivoji yölida samarali foydalaniş, ularning istiqbolli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yurt bilan aloqalarini yanada mustahkamlaş muhimligi taʼkidlandi.

Qayerda bölmasin, navoiylik yoşlar bilan doimiy muloqotda böliş, ularning fikr va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, muammolariga yeçim topiş hamda viloyat hayotidagi jarayonlarda faol iştirokini taʼminlaş bundan buyon ham izçil davom ettiriladi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.
ÖzA