Har bir ayol hurmatda va har bir bola xavfsiz, baxtli yaşaşga haqli
Surxondaryo viloyatida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” mavzuidagi "16 kunlik faollik" aksiyasi bölib ötmoqda.
25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kunidan boşlanib, 10-dekabr – Inson huquqlari kunigaça ötkaziladigan aksiya doirasida vohadagi mahallalar, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida seminar, uçraşuv va davra suhbatlari ötkazilib, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligi oşirilmoqda. Jabrlanganlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan eʼtibor va zöravonlikka duç kelgan xotin-qizlarga himoya orderi beriş, psixologik va yuridik yordam körsatiş yuzasidan fikr almaşilmoqda. Şuningdek, zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatda böliş, aholiga tazyiq va zöravonlik uçun belgilangan qonuniy javobgarlik masalalari tuşuntirilib, internet makonida ayollarga nisbatan kuzatiladigan kiberbulling, taʼqib qiliş, şaxsiy maʼlumotlar va foto-videolarni ruxsatsiz tarqatiş kabi raqamli zöravonlik turlarining oqibatlari haqida atrofliça maʼlumot berilayotir.

Termiz şahrida ötkazilgan tadbirda ham şu haqda söz yuritildi.

Unda viloyat oila va xotin-qizlar boşqarmasi, ayollar va bolalarni reabilitatsiya qiliş markazi mutasaddilari, huquq-tartibot organlari masʼullari, xotin-qizlar faollari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda viloyat oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Zulxumor Xidirova hamda boşqalar mamlakatimizda tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, jabrlangan şaxslarga turli kömak berişga qaratilayotgan eʼtibor haqida atrofliça söz yuritdi. Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq hamda zöravonlikning oldini oliş, qöllab-quvvatlaş, ularga zarur psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam körsatiş masalalari muhokama etildi. Masʼul taşkilotlar hamkorligini kuçaytirib, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, zöravonlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş muhimligi qayd etildi.

– Bu illatga qarşi kuraşişda zöravonlikning oldini oliş, oilalarda soğlom muhitni şakllantiriş, jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratiş lozim, – deydi ayollar va bolalarni reabilitatsiya qiliş markazi direktori A.Bekpölatova. Şuni unutmaslik kerakki, jamiyatimizda har bir ayol hurmatda, har bir bola xavfsiz va baxtli yaşaşga haqlidir. Zöravonlikka qarşi kuraşiş bu şunçaki aksiya emas, balki har birimiz uçun umuminsoniy qadriyatga aylangan fazilat bölişi zarur.

Viloyatda aksiya doirasida ötkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri