Tabiatni, atrof-muhitning betakror go‘zalligi va xilma-xilligini tarannum etuvchi "Viki Yerni sevadi—2024" xalqaro tanlovining O‘zbekiston bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

Joriy yilgi tanlovda qatnashish uchun 49 nafar ishtirokchi tomonidan umumiy hisobda 2048 ta surat taqdim etilgan. Har bir suratda nafaqat mamlakatimizning go‘zal manzaralari, balki ishtirokchilarning tabiatga bo‘lgan chuqur mehr-muhabbati, ijodiy qarashi ham aks etgan. Bu yilgi tanlov suratlarining sifati o‘ziga xos yuqori darajaga ko‘tarilgan, bu esa hakamlar uchun eng yaxshi suratlarni tanlashda qiyinchilik tug‘dirgani tabiiy.

Tanlov natijasida 2048 ta surat ichidan 13 ta eng yaxshi rasm tanlab olindi. Ushbu suratlar 8 nafar ijodkor tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular mamlakatmizning go‘zalligini eng yuqori san’at asari darajasida aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Endi ushbu suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi va O‘zbekiston tabiatining boyligi va uning saqlanishi borasidagi g‘amxo‘rlikni butun dunyoga namoyish etadi. Bu yurtimizni global miqyosda tanitish, xalqaro hamjamiyat e’tiborini mamlakatimiz tabiiy boyliklariga qaratish uchun noyob imkoniyatdir. O‘tgan yilda ham O‘zbekiston tabiati aks ettirilgan suratlar xalqaro bosqichda yuqori baholanib, g‘oliblar qatoriga kirgan edi. Bu esa yurtimizning tabiiy go‘zalligi yana bir bor tasdiqlaydi.

Natijalarni ko‘rish uchun havola:

https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Earth_2024_in_Uzbekistan/Results/uz

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Viki Yerni sevadi—2024": Ijodkorlar dunyoga O‘zbekiston tabiatini tarannum etadi