Velosport: Italiyada O‘zbekiston nomi jarangladi
Italiyada velotrek bo‘yicha davom etayotgan “Gran Premi Internazionali di Fiorenzuola” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston nomi jarangladi.
Dunyoning eng kuchli velosportchilari ishtirokida o‘tayotgan murosasiz poygalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “BARDIANI-CSF 7SABER” klubi a’zosi Nikita Svetkov omnium dasturida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumki, velosportning trek yo‘nalishida olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan omnium yo‘nalishi eng murakkab va chidamlilik talab etadigan poyga hisoblanadi.

Ko‘pkurash dasturida N.Svetkov umumiy hisobda 114 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi.
U23 yosh toifasida o‘tgan ochko yig‘ish dasturida ham Nikita Svetkov O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ydi.
75 aylanadan iborat 45 km. masofadagi bellashuvda hamyurtimiz 50 ochko jamg‘arib, bronza medali bilan taqdirlandi.
Musobaqalar 25-iyulga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA