Velosportchilarimiz Italiyada zafar quchdi
To‘rt kun muqaddam Xorvatiyada o‘tgan xalqaro turnirda "Parij-2024" Olimpiadasi reyting ochkolarini qo‘lga kiritgan velosportchilarimiz kuni kecha Italiyada kechgan “Trofeo Ponente in Rosa Italy” jamoaviy poygasida 2-o‘rinni egalladi.
Velosportning shosse yo‘nalishida o‘tkazilgan 15.6 km masofali bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 22:48 vaqt oralig‘ida marra chizig‘ini bosib o‘tib, 27 jamoa orasida kuchlilar safidan joy oldi.
Yanina Kuskova, Nafosat Koziyeva, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova, Yekaterina Knebeleva, Sevinch Yo‘ldoshevadan iborat jamoamiz sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu poygada 22:28 natija bilan Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Uchinchi o‘rin 23:00 vaqt ko‘rsatkichiga erishgan
Shveysariya velopoygachilarga nasib etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA