Vazirlikda futbol töğrisidagi qaror loyihasi muhokama qilindi
Sport vazirligida futbolni rivojlantiriş, uning infratuzilmasini takomillaştiriş, professional klublar faoliyatini yaxşilaş, xalqaro maydonda raqobatbardoş futbolçilar tayyorlaş masalalariga bağişlangan yiğilişda har yili mamlakatimizda "Özbekiston futbol haftaligi"ni ötkaziş rejalaştirilayotganligi aytib ötildi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalladan boşlab futbolni ommalaştiriş va professional futbolçilarni tayyorlaş tizimini kengaytirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi taqdimoti bölib ötdi.
Yurtimizning har bir mahallasida poytaxtimizning Çilonzor tumani tajribasi asosida FIFA Arena andozalariga mos mini-futbol maydonlari barpo etilişi, maktablar, texnikumlar va mahallalardagi mavjud sport maydonlaridan aholining tun-u kun foydalanişi uçun şaroit yaratilişi, har bir tumandagi sport maktablari huzurida erkaklar va ayollar jamoalari faoliyati yölga qöyilişi, bu orqali futbolning quyi böğinlarini rivojlantiriş, yoş futbolçilarni saralaş va ularning mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratilişi nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, qarorga binoan qizlar futbolini rivojlantiriş maqsadida Milliy futbol markazi huzurida Respublika qizlar futbol akademiyasini taşkil etiş, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoş futbolçilarni aniqlaş va ularning xalqaro transferlarini muvofiqlaştiriş mexanizmlarini joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Taqdimotda qaror loyihasida nazarda tutilgan vazifalar futbolni quyi böğindan boşlab rivojlantiriş, ommaviy sportni kengaytiriş, klublarning iqtisodiy mustaqilligini oşiriş hamda xalqaro maydonda raqobatbardoş futbolçilar tayyorlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Muhokamalar jarayonida iştirok etgan Sport vaziri A. Ikromov, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, soha mutaxassislari qaror loyihasiga köra, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqiçlaridan iborat "Mahalla ligasi" musobaqalari taşkil etilişi, musobaqalar davomida aniqlanadigan iqtidorli futbolçilar sport maktablariga yönaltirilib, ularning professional futbolga qadam qöyişi uçun zarur şaroitlar yaratilişi xususida öz fikrlarini bildirişdi.
T. Röziyev, ÖzA