Vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan «Mustaqillik kubogi» g‘oliblari aniqlandi
Mustaqillik bayrami nafaqat yurtimizning eng ulug‘ sanalaridan biri, balki jamoaviy ruh, hamjihatlik va sog‘lom raqobatni yanada mustahkamlaydigan muhim ayyomdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” tashkil etildi.
Musobaqada turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: Adliya vazirligi jamoasi.
2-o‘rin: “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi.
3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.
G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart-televizorlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan Adliya vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan “Mustaqillik kubogi” tantanali ravishda topshirildi.
N.Rahmonova, O‘zA